Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 38
(1-50)

Ha, mavjudodda ko’ringan fe`li ijod shunday bir kayfiyatdadirki; hamma narsada, xususan zihayot bo’lsa, aksar ashyoni va balki umum koinotni ko’radigan, biladigan va koinotga qarshi u zihayotning munosabatini taniydigan, ta`min etadigan bir iqtidor va ixtiyordan kelganini ko’rsatadiki, moddiy va ihotasiz bo’lgan sabablarning hech bir jihatla fe`li bo’lmas. Ha –sirri Qayyumiyatla- eng juz`iy bir fe`li ijodiy, to’g’ridan to’g’riga butun koinot Xoliqining fe`li bo’lganiga dalolat etgan bir sirri a`zamni tashiydi. Ha, masalan bir arining ijodiga nazar etgan bir fe`l, ikki jihatla Xoliqi Koinotga xususiyatini ko’rsatadi.

Birinchisi: U arining butun misllarining butun zaminda, ayni zamonda ayni fe`lga mazhariyatlari  ko’rsatadiki: Bu juz`iy va xususiy fe`l esa, ihotali ro’yi zaminni qoplagan bir fe`lning bir uchidir. Unday bo’lsa; u buyuk fe`lning foili va u fe`lning sohibi kim bo’lsa, u juz`iy fe`l ham unikidir.

Ikkinchi jihat: Bu hozir arining hilqatiga nazar etgan fe`lning foili bo’lmoq uchun, u arining sharoiti hayotiyasini va jihozotini va koinotla munosabatini ta`min etadigan va biladigan qadar juda buyuk bir iqtidor va ixtiyor lozim kelganidan, u juz`iy fe`lni bajargan zotning, aksar koinotga hukmi o’tmoq ila u fe`lni unday mukammal bajara oladi.

Demak eng juz`iy fe`l, ikki jihatla Xoliqi Kulli Shayga xos bo’lganini ko’rsatadi.

Eng ziyoda joyi diqqat va joyi hayrat shudirki: Vujudning eng quvvatli martabasi bo’lgan "vujub"ning va vujudning eng sabotli darajasi bo’lgan "moddadan tajarrud"ning va vujudning zavoldan eng uzoq holati bo’lgan "makondan munazzahiyat"ning va vujudning eng sog’lom va o’zgarishdan va adamdan eng muqaddas sifati bo’lgan "vahdat"ning sohibi bo’lgan Zoti Vojibul Vujudning eng xos xossasi va lozimi zotiysi bo’lgan azaliyatni va sarmadiyatni; vujudning eng zaif martabasi va eng nozik darajasi va eng o’zgaruvchi, almashuvchi holatli va eng ziyoda makonga yoyilgan hadsiz, kasratli bir moddiy modda bo’lgan efir va zarralar kabi narsalarga bermoq va ularga azaliyat isnod etmoq va ularni azaliy tasavvur etmoq va qisman asari Ilohiyaning ulardan nash`at etganini tavahhum etmoq, naqadar xilofi haqiqat va muxolif voqe`a va aqldan uzoq va botil bir fikr bo’lgani, Risola-i Nurning ko’plab juzlarida qat`iy burhonlarla ko’rsatilgandir.

Аудио мавжуд эмас