Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 41
(1-50)

Ha sirri Qayyumiyatning jilvasiga bu nuqtadan boqingki; butun mavjudodni adamdan chiqarib, har birisini bu nihoyatsiz fazoda اَللّهُ الَّذِى رَفَعَ السَّموَاتِ بِغَيْرِ عَمَدٍ تَرَوْنَهَا sirri ila saqlab, qiyom va baqo berib, umumini bunday sirri qayyumiyatning tajallisiga mazhar aylaydi. Agar bu nuqtayi istinod bo’lmasa; hech bir narsa o’z boshi ila turmas. Hadsiz bir bo’shliqda dumalab adamga tushib ketadi.

Ham qandayki butun mavjudod, vujudlari va qiyomlari va baqolari jihatida Qayyumi Zuljalolga tayanadilar; qiyomlari u bilandir.. xuddi shuning kabi: Mavjudodning kayfiyat va ahvolida minglab silsilalarning; (tamsilda xato bo’lmasin) telefon, telegraf silsilalarining markazi va tayanch markazi hukmida bo’lgan sirri qayyumiyatda

 وَ اِلَيْهِ يُرْجَعُ اْلاَمْرُ كُلُّهُ sirri ila, uchlari bog’liqdir. Agar u nuroniy nuqtayi istinodga tayanmasalar, ahli aqlcha muhol va botil bo’lgan minglab davrlar va silsilalar lozim keladi; balki, mavjudod adadicha botil bo’lgan davrlar va silisilalar lozim keladi. Masalan: Bu narsa (hifz yoki nur yoki vujud yoki rizq kabi) bir jihatda bunga tayanadi, u ham keyingisiga, u ham unga.. bora-bora har holda nihoyatsiz bo’lolmas, bir nihoyati topiladi. Mana, butun bunday silsilalarning oxirlari, albatta sirri qayyumiyatdir. Sirri qayyumiyat anglashilgandan so’ng, u mavhum silsilalarda bir-biriga tayanmoq robitasi va ma`nosi qolmaydi, ko’tariladi; hamma narsa to’g’ridan to’g’riga sirri qayyumiyatga boqadi.

Uchinchi Shu`a:

كُلَّ يَوْمٍ هُوَ فِى شَاْنٍ ۞ فَعَّالٌ لِمَا يُرِيدُ ۞

يَخْلُقُ مَا يَشَاءُ ۞ بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ ۞

فَانْظُرْ اِلَى آثَارِ رَحْمَتِ اللّهِ كَيْفَ يُحْيِى اْلاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا

kabi oyatlarning ishorat etganlari xoliqiyati Ilohiya va faoliyati Rabboniya ichidagi sirri qayyumiyatning bir daraja inkishofiga, bir-ikki muqaddima ila ishorat etamiz.

Birinchisi: Shu koinotga boqqanimiz vaqt ko’ramizki: Zamon saylida doimo chalqangan va guruh-guruh orqasidan kelib ketgan maxluqotning bir qismi, bir soniyada keladi, darhol yo’qoladi. Bir toifasi, bir daqiqada keladi, ketadi. Bir navi, bir soat olami shahodatga to’xtaydi, olami g’aybga kiradi. Bir qismi bir kunda, bir qismi bir yilda, bir qismi bir asrda, bir qismi-da asrlarda bu olami shahodatga kelib, qo’nib; vazifa ko’rib ketmoqdalar. Bu hayrat beradigan sayohat va sayri mavjudod, u safar va maxluqot oqimi shunday bir intizom va me`zon va hikmatla yo’naltirishu idora etiladi va ularga va u to’dalarga qo’mondonlik qilgan shunday basirona, hakimona, mudabbirona qo’mondonlik etmoqdaki; butun aqllar farazan birlashib birta aql bo’lsa, u hakimona idoraning mohiyatiga yetisholmas va qusur topib tanqid etolmas.

Аудио мавжуд эмас