Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 44
(1-50)

Ham masalan bir mohir san`atkor, plastinkasiz bir fonograf yaratsa, u fonograf istaganiday gapirsa, ishlasa; san`atkori naqadar faxrlanadi, lazzatlanadi; o’z-o’ziga "Mashaalloh" deydi. Modomiki ijodsiz va misoliy bir kichik san`at, san`atkorining ruhida bu daraja bir iftihor, bir mamnuniyat hissini uyg’otsa, albatta bu mavjudodning Soniyi Hakimi, koinotning majmuini, hadsiz taronalarning navlariyla sado bergan va ovoz berib tasbeh etgan va zikr etib gapirgan bir Ilohiy musiqa va bir ajib fabrika qilmoqla barobar, koinotning har bir navini, har bir olamini boshqa bir san`atla va boshqa san`at mo’`jizalariyla ko’rsatib zihayotlarning boshlarida biror fonograf, biror fotoapparat, biror telegraf kabi ko’p uskunalarni, hatto eng kichik bir boshda ham yaratmoqla barobar har bir inson boshida, nafaqat yolg’iz plastinkasiz fonograf, biror oynasiz fotoapparat, biror simsiz telegraf, balki bulardan yigirma marta yanada horiqo, har insonning boshida shunday bir uskunani yaratmoqdan va istagani tarzda ishlab natijalarni bermoqdan kelgan iftixori qudsiy va muqaddas mamnuniyat kabi ma`nolarni va rububiyatning bu navidan bo’lgan yuksak qobiliyatlari; albatta va har holda bu faoliyati doimiyni talab qiladi.

Ham masalan bir hukmdori odil, haqni o’rniga keltirmoq uchun mazlumlarning haqqini zolimlardan olmoqla va faqirlarni kuchlilarning yomonliklaridan muhofaza etmoqla va harkasga mustahaq bo’lgan haqni bermoqla lazzat olishi, iftihor etishi, mamnun bo’lishi; hukmdorlikning va adolatning bir qoidayi asosiyasi bo’lganidan, albatta Hokimi Hakimi, Adli Odil bo’lgan Zoti Hayyi Qayyumning butun maxluqotiga, xususan zihayotlarga "huquqi hayot" ta`bir etilgan sharoiti hayotiyani bermoqla.. va hayotlarini muhofaza uchun ularga jihozot ehson etmoqla.. va zaiflarni kuchlilarning yomonliklaridan Rahimona himoya etmoqla.. va umum zihayotlarda bu dunyoda haqni o’rniga keltirmoq holati tamoman va haqsizlarga jazo bermoq holati esa qisman sirri adolatning ijrosidan bo’lmoqla.. va bilxossa mahkamayi kubroni xashrda adolati akbarning tajalliysidan hosil bo’lgan va ta`birida ojiz bo’laganimiz Rabboniy qobiliyatlar va qudsiy ma`nolardirki, koinotda bu faoliyati doimiyni iqtizo etadi.

Mana bu uch misol kabi; asmoyi husnaning umumida, har birisi bu faoliyati doimiyda bunday qudsiy ba`zi Ilohiy qobiliyalarga mador bo’lganliklaridan, xoliqiyati doimiyni talab qiladilar. Ham modomiki har qobiliyat, har bir iste`dod, kengayib va ochilib samara bermoqla bir yengilliklik, bir kenglik, bir lazzat beradi.. ham modomiki har vazifador, vazifasini qilmoq va bitirmoqla, vazifasidan bo’shalishida buyuk bir rohatlik, bir mamnuniyat his etadi.. va modomiki birta tuxumdan bir qancha mevalarni olmoq va bir dirhamdan yuz dirham foyda qozonmoq, sohiblari uchun juda sevinchli bir holatdir, bir tijoratdir. Albatta butun maxluqotdagi hadsiz iste`dodlarni inkishof ettirgan va butun maxluqotini qiymatdor vazifalarda yo’naltirmoqdan so’ng taraqqiy shaklida bo’shatgan, ya`ni unsurlarni, ma`danlar martabasiga; ma`danlarni, nabototlar hayotiga; nabototlarni, rizq vositasiyla hayvonlarning darajayi hayotiga; va hayvonlarni insonlarning shuurkorona bo’lgan yuksak hayotiga chiqaradi.

Аудио мавжуд эмас