Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 46
(1-50)

Bir xulosat-ul xulosa: HoshiyaIsmi a`zamning olti ismi, ziyodagi yetti rang kabi birlashib tashkil etganlari ziyoyi qudsiyaga boqmoq uchun, bir xulosasining zikri munosibdir. Shundayki:

Butun koinotning mavjudotini bunday saqlagan, baqo va qiyom bergan, Ismi Qayyumning bu jilvayi a`zamining orqasidan boq: Ismi Hayyning jilvayi a`zami, u butun mavjudoti zihayotni jilvasiyla shu`lalantirgan, koinotni nurlantirgan, butun zihayot mavjudotini jilvasiyla yaltirattirgan. Endi qaragin: Ismi Hayyning orqasida Ismi Fardning jilvayi a`zami, butun koinotni navlariyla, parchalariyla bir vahdat ichiga oladi; hamma narsaning ustiga bir vahdat tamg’asini qo’yadi; hamma narsaning yuziga bir xotami ahadiyat bosadi; nihoyatsiz va hadsiz tillarla jilvasini e`lon ettiradi. Endi Ismi Fardning orqasidan Ismi Hakiymning jilvayi a`zamiga boqki; yulduzlardan zarralarga qadar, xayolning ikki durbiniyla tomosha etganimiz mavjudotning har birisini, juz`iy bo’lsin, kulliy bo’lsin, eng buyuk doiradan eng kichik doiraga qadar, har biriga loyiq va munosib ravishda mevador bir nizom va hikmatli bir intizom va samarador bir tartib ichiga olgan, butun mavjudotni bezantirgan, yaltilattirgan. So’ngra Ismi Hakiymning jilvayi a`zami orqasidan boqki, Ismi Adlning jilvayi a`zamiyla (Ikkinchi Nuqtada izoh etilgani suratiyla) butun koinotni mavjudotiyla, faoliyati doima ichida shunday hayratlanarli me`zonlarla, o’lchovlarla, o’lchamlarla idora etarki; jismi samoviyadan biri, bir soniya ham muvozanasini yo’qotsa; ya`ni ismi Adlning jilvasi ostidan chiqsa, yulduzlar ichida bir xarju marj, bir qiyomat boshlanishiga sababiyat beradi. Mana butun mavjudotning doirayi a`zami, Kahkashondan ya`ni Samanyo’li ta`bir etilgan mintaqayi kubrodan tut, to qon ichidagi qizil va oq donachalarnig doirayi harakatlariga qadar har bir doirasini, har bir mavjudini xassos bir me`zon, bir o’lchov ila bichilgan bir shakl va bir vaziyatla boshdan oxirigacha yulduzlar qo’shinidan, to zarralar qo’shiniga qadar butun mavjudodning "Amri Kun Fayakun"dan kelgan amrlarga kamoli bo’ysinishla itoat etishlarini ko’rsatadi. Hozir Ismi Adlning jilvayi a`zami orqasidan (Birinchi Nuqtada izoh etilgani kabi) Ismi Quddusning jilvayi a`zamiga boqki; koinotning butun mavjudotini shunday toza, pok, sof, go’zal, bezalgan, yaltiroq qilib ko’rsatadiki; butun koinotga va butun mavjudodga Jamili Mutloqning hadsiz darajada jamoli zotiysiga loyiq va nihoyatsiz go’zal bo’lgan asmoyi husnasiga munosib bo’ladigan go’zal oynalar shaklini bergandir.



Hoshiya O’ttizinchi Lam`aning olti risolachalarining asosi va mavzusi va ismi a`zamning sirrini toshigan olti muqaddas ismlarning g’oyat qisqa bir xulosalaridir.

Аудио мавжуд эмас