Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 49
(1-50)

Ham inson, qandayki hayoti jome`asiyla Zoti Zuljalolning sifat va qobiliyatiga bir miqyosi ma`rifatdir va jilvayi asmosiga bir mundarijadir va shuurli bir oynadir.. va hokazo ko’p jihatlarla Zoti Hayyi Qayyumga oynadorlik etadi. Xuddi shuning kabi: Inson, shu koinotning haqiqatlariga bir vohidi qiyosiydir, bir mundarijadir, bir miqyosdir va bir me`zondir. Masalan: Koinotda Lavhi Mahfuzning g’oyat qat`iy bir dalili vujudi va bir namunasi, insondagi quvvayi hofizadir va olami misolning vujudiga qat`iy dalil va namuna, quvvayi xayoliyadirHoshiya (Hoshiya) va koinotdagi ruhoniylarning bir dalili vujudi va namunasi, insondagi quvvalardir va latifalardir va hokazo... Inson, kichik bir miqyosda, koinotdagi haqoiqi iymoniyani shuhud darajasida ko’rsata oladi.

Mana insonning mazkur vazifalar kabi ko’p muhim xizmatlari bor. Jamoli boqiyga oynadir, kamoli sarmadiyga dalloli mazhardir va rahmati abadiyaga muhtoji mutashakkirdir. Modomiki jamol, kamol, rahmat boqiydirlar va sarmadiydirlar; albatta u  jamoli boqiyning oynayi mushtoqi va u kamoli sarmadiyning dalloli oshiqi va u rahmati abadiyaning muhtoji mutashakkiri bo’lgan inson, boqiy qolmoq uchun, bir dori baqoga kiradi va u boqiylarga birgalikda bo’lish uchun abadga ketadi va u abadiy jamol va u sarmadiy kamol va doimiy rahmatga, abadul abadda birgalikda bo’lish kerakdir, lozimdir. Chunki abadiy bir jamol, foniy bir mushtoqqa va zoil bir do’stga rozi bo’lmas. Chunki jamol, o’zini sevgani uchun, sevishiga muqobil muhabbat istar. Zavol va fano esa, u muhabbatni adovatga o’zgartiradi, aylantiradi. Agar inson abadga ketib boqiy qolmasa, fitratidagi jamoli sarmadiyga qarshi bo’lgan asosli muhabbat o’rniga adovat bo’ladi. O’ninchi So’zning Hoshiyasida bayon etilgani kabi: Bir zamon bir dunyo go’zali, bir oshiqini huzuridan chiqaradi. U odamdagi ishq, birdan adovatga aylanadi va deydiki: "Tuf!.. Naqadar xunukdir" deb, o’ziga tasalli bermoq uchun jamolidan qusadi, jamolini inkor etadi. Ha, inson bilmagan narsasiga dushman bo’lgani kabi, qo’li yetishmagan vayoxud tutolmagan narsalarining adovatkorona qusurlarini qidiradi, xuddiki dushmanlik etmoq istaydi. Modomiki butun koinotning shahodatiyla Mahbubi Haqiqiy va Jamili Mutloq, butun go’zal asmoyi husnasi ila o’zini insonga sevdiradi va insonlarning o’zini sevishlarini istaydi; albatta va har holda, o’zining ham mahbubi, habibi bo’lgan insonga fitriy bir adovatni berib ich-ichidan o’zidan qustirmaydi.. va fitratan eng ziyoda sevimli va muhabbatli va parastish uchun yaratgani eng mustasno maxluqi bo’lgan insonning fitratiga butun butun zid bo’lib bir yoshirin adovatni, insonning ruhiga bermaydi. Chunki inson, sevgani va qiymatini taqdir etgani bir Jamoli Mutloqdan abadiy ayrilmoqdan kelgan chuqur yarasini; faqat unga adovatla, undan qusmoqla va uni inkor etmoqla davolay oladi. Mana kofirlarning Allohning dushmani bo’lishi, bu nuqtadan kelib chiqadi. Unday bo’lsa, har holda u Jamoli Azaliy, o’zining oyinayi mushtoqi bo’lgan inson ila abadul abad yo’lida sayohatida barobar bo’lmoq uchun, har holda bir dori baqoda bir hayoti boqiyaga insonni mazhar etadi.



Hoshiya Ha, qandayki insonning unsurlari, koinotning unsurlaridan; va suyaklari, tosh va qoyalaridan; va sochlari o’simlik va daraxtlardan; va badanida jarayon etgan qon va ko’zidan, qulog’idan burnidan va og’zidan oqqan boshqa boshqa suvlari, Yerning chashmalaridan va ma`daniy suvlaridan xabar beradilar, dalolat etib ularga ishorat etadilar. Aynan shuning kabi; insonning ruhi olami arvohdan va hofizalari Lavhi Mahfuzdan va quvvayi xayoliyalari olami misoldan.. va hokazo har bir jihozi bir olamdan xabar beradilar. Va ularning vujudlariga qat`iy shahodat etadilar.

Аудио мавжуд эмас