Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 47
(1-50)

Alhosil: Ismi a`zamning bu olti ismi va olti nuri, koinotni va mavjudodni boshqa boshqa go’zal ranglarda, turli turli naqshlarda, boshqa boshqa ziynatlarda bo’lgan yaltiroq pardalar ichida mavjudodni o’ragandir.

Beshinchi Shuaning ikkinchi masalasi: Koinotga tajalliy etgan qayyumiyatning jilvasi, vohidiyat va jalol nuqtasida bo’lgani kabi, koinotning markazi va madori va zishuur mevasi bo’lgan insonda ham, qayyumiyatning jilvasi ahadiyat va jamol nuqtasida ko’rinishi bor. Ya`ni qandayki koinot sirri qayyumiyatla qoimdir.. xuddi shuning kabi ismi Qayyumning mazhari akmali bo’lgan inson ila, bir jihatda koinot qiyom topadi; ya`ni koinotning aksar hikmatlari, foydalari, g’oyalari insonga boqqani uchun, go’yo insondagi jilvayi qayyumiyat, koinotga bir tirgakdir. Ha Zoti Hayyi Qayyum, bu koinotda insonni iroda etgan va koinotni uning uchun yaratgan deyilabilir. Chunki inson, jame`yati tomma ila butun asmoyi Ilohiyani anglar, zavq etar. Xususan rizqdagi zavq jihatiyla juda ko’p asmoyi husnani anglar. Xolbuki maloikalar, ularni u zavq bilan bilolmaslar.

Mana insonning bu ahamiyatli jome`yatidirki: Zoti Hayyi Qayyum, insonga butun asmosini his ettirmoq va butun anvoyi ehsonotini tottirmoq uchun shunday ishtahali bir me`da berganki, u me`daning keng dasturxonini hadsiz anvoyi taomlariyla karimona to’ldirgan. Ham bu moddiy me`da kabi hayotni ham bir me`da qilgan. U hayot me`dasiga tuyg’ular, qo’llar hukmida g’oyat keng bir ne`mat dasturxoni ochgan. U hayot esa, tuyg’ulari vositasiyla, u ne`mat dasturxonidan har xil istifodalar ila, tashakkurlarning har navini qilar. Va bu hayot me`dasidan so’ng bir insoniyat me`dasini berganki, u me`da, hayotdan yanada keng bir doirada rizq va ne`mat istar. Aql va fikr va xayol, u me`daning qo’llari hukmida, samovot va zamin kengligida, u rahmat dasturxonidan istifoda etib shukr etar. Va insoniyat me`dasidan so’ngra hadsiz keng boshqa bir ne`mat dasturxonidan ochmoq uchun, Islomiyat va iymon aqidalarini, ko’p rizq istar bir ma`naviy me`da hukmiga keltirib, uning rizq dasturxonining doirasini mumkinot doirasining xorijida kengaytirib, asmoyi Ilohiyani ham ichiga oluvchi qilganki, u me`da ila Ismi Rahmonni va Ismi Hakimni eng buyuk bir zavqi rizqiy ila his etar. "Alhamdulillahi ala Rahmaniyatihi va ala Hakimiyatihi" der va hokazo.. bu ma`naviy me`dayi kubro ila hadsiz ne`mati Ilohiyadan istifoda etib bilar va bilxossa u me`dadagi muhabbati Ilohiya zavqining ham boshqa boshqa bir doirasi bor.

Аудио мавжуд эмас