Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 45
(1-50)

Mana har bir zihayotning zohiriy bir vujudining zavoliyla; (Yigirma To’rtinchi Maktubda izoh etilgani kabi) ruhni, mohiyatni, shakli, surati kabi juda ko’p vujudlarini orqasida qoldirgan va o’rnida vazifa boshiga o’tqazgan faoliyati doima va xoliqiyati Rabboniyadan kelib chiqqan qudsiy ma`noning va rububiyati Ilohiyning naqadar ahamiyatli bo’lganliklari tushuniladi.

Muhim bir savolga qat`iy bir javob: Ahli zalolatdan bir qismi deydilarki: "Koinotni bir doimiy faoliyat ila o’zgartirgan va almashtirgan zotning, albatta o’zining ham o’zgaradigan va almashadigan bo’lishi lozim keladi."

Aljavob: Xosho!.. Yuz ming marta xosho!.. Yerdagi oynalarning o’zgarishi, ko’kdagi Quyoshning o’zgarishini emas, bilaks jilvalarining yangilanganini ko’rsatadi. Ham azaliy, abadiy, sarmadiy, har jihatcha kamoli mutloqa va istig’noyi mutloqa, moddadan mujarrad, makondan, chegaradan, imkondan munazzah, mubarro, muallo bo’lgan bir Zoti Aqdasning o’zgarishi va almashinishi muholdir. Koinotning o’zgarishi, uning o’zgarishiga emas, balki o’zgarishsizligia va almashmasligiga dalildir. Chunki har xil narsalarni intizomla doimiy o’zgartirgan va almashtirgan bir zot, o’zgarishi bo’lmasligi va harakat etmasligi lozim keladi. Masalan; sen ko’p iplarla bog’liq ko’p jism va jihozlarni aylantirganing va doimiy intizomla harakatlandirib vaziyatlar berganing payt, sening o’rningda turib o’zgarmasliging va harakat etmasliging kerakdir. Bo’lmasa u intizomni buzasan.

Mashhurdirki: Intizomla harakatlantirgan, harakat etmasligi va davom ila o’zgartirgan, o’zgarmasligi kerakdir; toki u ish intizomla davom etsin.

Soniyan: O’zgarish va almashinish; yaratilishdan va takomillashmoq uchun yangilanishdan va ehtiyojdan va moddiylikdan va imkondan kelib chiqadi. Zoti Aqdas esa ham azaliy, ham har jihatcha kamoli mutloqda, ham istig’noyi mutloqda, ham moddadan mujarrad, ham Vojib-ul Vujud bo’lganidan; albatta o’zgarishi va almashinishi muholdir, mumkin emasdir.

Beshinchi Shua: Ikki masaladir:

Birinchi masalasi: Ismi Qayyumning jilvayi a`zamini ko’rmoq istasak, xayolimizni butun koinotni tomosha etadigan; biri, eng uzoq narsalarni; boshqasi, eng kichik zarralarni ko’rsatadigan ikki durbin qilib birinchi durbin bilan qaraymiz, ko’ramizki: Ismi Qayyumning jilvasiyla, Yer sayyorasidan ming marta buyuk millionlab kurralar, yulduzlar, tirgaksiz holda havodan yanada yengil bo’lgan efir moddasi ichida qisman to’xtatilgan, qisman vazifa uchun sayohat ettirilmoqda. So’ngra u xayolning mikroskopi bo’lgan ikkinchi durbin bilan, kichik zarralarni ko’radigan bir suratda qaraymiz. U sirri qayyumiyatla, zihayot Yer maxluqotining har birining zarralari vujudlari ila, yulduzlar kabi muntazam bir vaziyat olib harakat etmoqdalar va vazifalar qilmoqdalar. Xususan zihayotning qonidagi "Qizil va oq donachalari" ta`bir etganlari zarralardan tashkil etgan kichkina jismlar, sayyor yulduzlar kabi, mavlaviyvori ikki harakati muntazam ila harakat etmoqdalar ko’ryapmiz.

Аудио мавжуд эмас