Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 43
(1-50)

To’rtinchi Shu`a:

Koinotdagi hayratnamo faoliyati doimaning hikmatining uchinchi bo’lagi shudirki: Har bir marhamat sohibi, boshqasini mamnun etmoqdan masrur bo’ladi; har bir shafqat sohibi, boshqasini masrur etmoqdan mamnun bo’ladi; har bir muhabbat sohibi, sevintirishga loyiq maxluqlarni sevintirish bilan sevinadi; har bir oliyjanob zot, boshqasini saodatli etmoqla lazzat oladi; har bir odil zot, haqni o’rniga keltirmoqla va mustahaqlarga jazo bermoqla huquq sohiblarini minnatdor etmoqla sevinadi; Hunar sohibi har bir san`atkor, san`atini ko’rsatmoqla va san`atining tasavvur etgani tarzda ishlamasi ila va istagan natijalarni berishi ila iftixor etadi.

Mana bu mazkur dasturlarning har biri biror qoidayi asosiyadirki, koinotda va olami insoniyatda jarayon etadilar. Bu qoidalarning asmoyi Ilohiyada jarayon etganliklarini ko’rsatgan uch misol, O’ttiz Ikkinchi So’zning Ikkinchi Mavqifida izoh etilgandir. Bir xulosasi bu maqomda yozilishi munosib bo’lganidan, deymiz:

Qandayki masalan g’oyat marhamatli, sahovatli, g’oyat karim oliyjanob bir zot, fitratidagi oliy xislatlarning muqtazosiyla buyuk bir sayohat kemasiga, juda muhtoj va faqir insonlarni mindirib, g’oyat mukammal ziyofatlarla, ikromlarla u muhtoj faqirlarni mamnun etib dengizlarda Erning atrofida kezdiradi va o’zi ham ularning ustida, ularni masrurona tomosha etib u muhtojlarning minnatdorliklaridan lazzat oladi va ularning lazzatlanishlaridan masrur bo’ladi va ularning xursandliklaridan sevinadi, faxrlanadi. Modomiki bunday bir vositachi ma`muri hukmida bo’lgan bir inson, bunday juz`iy bir ziyofat bermoqdan bu daraja mamnun va masrur bo’lsa.. albatta butun hayvonlarni va insonlarni va hadsiz malaklarni va jinlarni va ruhlarni, bir safinayi Rahmoniy bo’lgan Yer sayyorasi kemasiga mindirib; ro’yi zaminni, taomlar navlariyla va butun tuyg’ularning zavq va rizqlari ila to’ldirgan bir dasturxoni Rabboniya shaklida ularga ochmoq va u muhtoj va shukr etgan va minnatdor va masrur maxluqotini koinotning har tarafida sayohat ettirmoqla va bu dunyoda bu qadar ikromlarla ularni masrur etmoqla barobar, dori baqoda Jannatlaridan har birini ziyofati doimiy uchun biror dasturxon etgan Zoti Hayyi Qayyumga oid bo’lib u maxluqotning tashakkurlaridan va minnatdorliklaridan va masruriyatlaridan va sevinchlaridan kelgan va ifodasida ojiz bo’lganimiz va izinli bo’lmaganimiz qobiliyati Ilohiyani, "manuniyati muqaddasa" "iftihor muqaddasa" va "lazzati muqaddasa" kabi ismlarla ishorat etilgan rububiyat ma`nolaridirki, bu doimiy faoliyatni va davomli xoliqiyatni iqtizo etadi.

Аудио мавжуд эмас