Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 42
(1-50)

Mana bu xoliqiyati Rabboniyaning ichida; u sevimli va sevgan masnuotning xususan zihayotlarning hech biriga ko’z ochtirmasdan olami g’aybga yuboradi, hech biriga nafas oldirmasdan dunyodagi hayotdan ozot etadi, doimo bu musoffirxonayi olamni to’ldirib musofirlarning roziligi bo’lmasdan bo’shatadi; qalami qazo va qadar, yer sayyorasini yozar buzar taxtasi kabi qilib يُحْيِى وَ يُمِيتُ jilvalariyla doimo yer sayyorasida yozuvlarini yozadi va u yozuvlarni tozalattiradi, almashtiradi. Mana bu faoliyati Rabboniyaning va bu xoliqiyati Ilohiyaning bir sirri hikmati va asosli bir muqtazosi va bir istovchi sababi, uch muhim qismga ayrilgan hadsiz, nihoyatsiz bir hikmatdir.

U hikmatning birinchi qismi shudirki: Faoliyatning har navi juz`iy bo’lsin, kulliy bo’lsin bir lazzat beradi. Balki har faoliyatda bir lazzat bor. Balki faoliyat ayni lazzatdir. Balki faoliyat, ayni lazzat bo’lgan vujudning namunasidir va ayni alam bo’lgan adamdan uzoqlashish ila silkinishidir. Ha, har qobiliyat sohibi, bir faoliyatla qobiliyatining ochilishini lazzatla ta`qib etadi. Har bir iste`dodning faoliyatla ko’rinishi, bir lazzatdan keladi va bir lazzatni natija beradi. Har bir kamol sohibi, faoliyatla kamolotining ko’rinishini lazzatla ta`qib etadi. Modomiki har bir faoliyatda bunday sevilgan, istanilgan bir kamol, bir lazzat bordir va faoliyat ham, bir kamoldir va modomiki zihayot olamida doimiy va azaliy bir hayotdan nash`at etgan hadsiz bir muhabbatning, nihoyatsiz bir marhamatning jilvalari ko’rinadi va u jilvalar ko’rsatadiki, o’zini bunday sevdirgan va sevgan va shafqat etib lutflarda bo’lgan zotning qudsiyatiga loyiq va vujubi vujudiga munosib u hayoti sarmadiyaning muqtazosi bo’lib hadsiz darajada (ta`birda xato bo’lmasin) bir ishqi ilohiy, bir muhabbati qudsiya, bir lazzati muqaddas kabi qudsiy qobiliyatlar u Hayoti Aqdasda borki, u qobiliyat bunday hadsiz faoliyatla va nihoyatsiz bir xoliqiyatla koinotni doimo tozalantiradi, chalqalantiradi, almashtiradi.

Sirri qayyumiyatga boqqan hadsiz faoliyati Ilohiyadagi hikmatning ikkinchi bo’lagi: Asmoyi Ilohiyaga boqar. Ma`lumdirki har bir jamol sohibi, o’z jamolini ko’rmoq va ko’rsatmoq istar; har bir hunar sohibi, o’z hunarini ko’rsatmoq va e`lon etmoqla nazari diqqatni jalb etmoq istar va sevar; va hunari yoshirin qolgan bir go’zal haqiqat va go’zal bir ma`no, maydonga chiqmoq va mushtariylarni topmoq istar va sevar. Modomiki bu asosli qoidalar, hamma narsada darajasiga ko’ra jarayon etadi; albatta Jamili Mutloq bo’lgan Zoti Qayyumi Zuljalolning ming bir asmoyi husnasidan har bir ismning, koinotning shahodati ila va jilvalarining dalolati ila va naqshlarining ishoratiyla, har birisining har bir martabasida haqiqiy bir husn, haqiqiy bir kamol, haqiqiy bir jamol va g’oyat go’zal bir haqiqat, balki har bir ismning har bir martabasida hadsiz anvoyi husnla hadsiz haqoiqi jamila bordir. Modomiki bu asmoning qudsiy jamollarini ko’rsatgan oynalari va go’zal naqshlarini ko’rsatgan lavhalari va go’zal haqiqatlarini ifoda etgan sahifalari, bu mavjudotdir va bu koinotdir. Albatta u doimiy va boqiy asmo, hadsiz jilvalarini va nihoyatsiz ma`nodor naqshlarini va kitoblarini; ham ism sohibi bo’lgan Zoti Qayyumi Zuljalolning nazari mushohadasiga, ham haddu hisobga kelmagan ziruh va zishuur maxluqotning nazari mutolaasiga ko’rsatmoq va nihoyatli cheklangan bir narsadan nihoyatsiz lavhalarni va birta shaxsdan juda ko’p shaxslarni va bir haqiqatdan ko’p kasratli haqiqatlarni ko’rsatmoq uchun, u ishqi muqaddasi Ilohiyga tayangan holda va u sirri qayyumiyatga binoan, koinotni umuman va doimo jilvalariyla tozalantiradilar, almashtiradilar.

Аудио мавжуд эмас