Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 48
(1-50)

Mana Zoti Hayyi Qayyum, insonni butun koinotga bir markaz, bir mador qilib, koinot qadar keng bir ne`mat dasturxoni insonga ochganining va koinotni insonga musaxxar etganining va koinotning inson ila mazhar bo’lgani sirri qayyumiyatla bir jihatda qoim bo’lganining hikmati esa, insonning muhim uch vaifasidir.

Birinchisi: Koinotda yoyilgan butun anvoyi ne`matni inson ila tartibga keltirmoq va insonning manfa`at ipiyla tasbeh donalari kabi tartib etar, ne`matlarning iplarining uchlarini insonning boshiga bog’lar, rahmat xazinalarining umum turlariga insonni bir jadval hukmiga keltirar.

Ikkinchi Vazifasi: Zoti Hayyi Qayyumning xitobotiga, inson jome`yati haysiyati ila eng mukammal muhotob bo’lmoq va hayratkorona san`atlarini taqdir va tahsin etmoqla eng yuksak ovozli bir dallol bo’lmoq va shuurdorona tashakkurotning butun anvoiyla, butun anvoyi ne`matiga va turli turli hadsiz ehsonotiga shukr va hamdu sano etmoqdir.

Uchinchi Vazifasi: Hayoti ila, uch jihatla Zoti Hayyi Qayyumga va shuunotiga va sifati muhitasiga oynadorlik etmoqdir.

Birinchi Vajh: Inson o’z ojzi mutloqiyla, Xoliqining qudrati mutloqasini va darajotini; va ojzning darajalariyla, qudratning martabalarini his etmoqdir. Va faqri mutloqiyla rahmatini va rahmatining darajalarini idrok etmoq va zaifligi ila uning quvvatini anglamoqdir. Va hokazo.. nuqsonli sifatlariyla Xoliqining vasfi kamoliga miqyosvori oyna bo’lmoq. Kechada nurning yanada ziyoda porlashiga nazaran, kecha zulmatining elektr chiroqlarini ko’rsatishga mukammal bir oyna bo’lgani kabi, inson ham bunday noqis sifatlariyla kamoloti Ilohiyaga oynadorlik etar.

Ikkinchi Vajh: Inson, juz`iy irodasi ila va ozgina ilmi ila va kichkina qudrati ila va zohiriy malikiyati ila va xonasini bino etishi ila, bu koinot ustasining molikiyatini va san`atini va irodasini va qudratini va ilmini, koinotning buyukligi nisbatida anglaydi, oynadorlik etadi.

Uchinchi Vajhdagi oynadorlikning ikki yuzi bor:

Birisi, asmoyi Ilohiyaning boshqa boshqa naqshlarini o’zida ko’rsatmoqdir. Xuddiki inson, jome`yatiyla koinotning kichik bir mundarijasi va bir kichraytirilgan misoli hukmida bo’lib, umum asmoning naqshlarini ko’rsatadi.

Ikkinchi yuzi, qobiliyati Ilohiyaga oynadorlik etadi. Ya`ni o’z hayotiyla Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga ishorat etgani kabi, o’z hayotida inkishof etgan eshitmoq va ko’rmoq kabi tuyg’ularning vositasiyla, Zoti Hayyi Qayyumning eshitmoq va ko’rmoq kabi sifatlariga oynadorlik etadi, bildiradi. Ham inson hayotida bo’lgan va inkishof etmagan va his va sezimlar suratida g’alayon etgan va kasratli bir suratda bo’lgan ko’p nozik hayotiy tuyg’ular, ma`nolar va hislar vositasiyla, Zoti Hayyi Qayyumning shuunoti qudsiyasiga oynadorlik etadi. Masalan: U sezimlar ichida; sevmoq, iftixor etmoq, mamnun bo’lmoq, masrur bo’lmoq, rohatlanmoq kabi ma`nolar ila Zoti Aqdasning qudsiyatiga va cheksiz boyligiga munosib va loyiq bo’lmoq sharti ila, u navdan bo’lgan shuunoti ila oynadorlik etadi.

Аудио мавжуд эмас