Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 50
(1-50)

Ha, modomiki inson fitratan bir Jamoli Boqiyga mushtoq va sevuvchi bir suratda yaratilgandir.. va modomiki boqiy bir jamol, zoil bir mushtoqqa rozi bo’lolmas.. va modomiki inson bilmagani yoki yetisholmagani yoki tutolmagani bir maqsuddan kelgan huzun va alamdan tasalli topmoq uchun, u maqsudning qusurini topmoqla, balki yashirin adovat etmoqla o’zini taskin etadi.. va modomiki bu koinot, inson uchun xalq etilgan va inson esa ma`rifat va muhabbati Ilohiya uchun yaratilgan.. va modomiki bu koinotning Xoliqi, asmosiyla sarmadiydir.. va modomiki asmolarining jilvalari doim va boqiy va abadiy bo’ladi; albatta va har holda inson, bir dori baqoga ketadi va bir hayoti boqiyaga mazhar bo’ladi. Va insonning qiymatini va vazifalarini va kamolotini bildirgan rahbari a`zam va insoni akmal bo’lgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam, insonga doir bayon etganimiz butun kamoloti  va vazifalari eng akmal bir suratda o’zida va dinida ko’rsatishi bilan ko’rsatmoqdaki: Qanday koinot inson uchun yaratilgan va koinotdan istanilgan g’oya va tanlanilgan natija insondir; shuning kabi, insondan ham eng buyuk istanilgan g’oya va eng qiymatdor tanlanilgan natija va eng porloq oyinayi Ahad va Samad, albatta Ahmadi Muhammaddir.

عَلَيْهِ وَ عَلَى آلِهِ الصَّلاَةُ و السَّلاَمُ بِعَدَدِ حَسَنَاتِ اُمَّتِهِ

يَا اَللّهُ يَا رَحْمنُ يَا رَحِيمُ يَا فَرْدُ يَا حَىُّ يَا قَيُّومُ يَا حَكَمُ يَا عَدْلُ يَا قُدُّوسُ

نَسْئَلُكَ بِحَقِّ فُرْقَانِكَ الْحَكِيمِ وَ بِحُرْمَةِ حَبِيبِكَ اْلاَكْرَمِ

وَ بِحَقِّ اَسْمَائِكَ الْحُسْنَى وَ بِحُرْمَةِ اِسْمِكَ اْلاَعْظَمِ اِحْفَظْنَا

مِنْ شَرِّ النَّفْسِ وَ الشَّيْطَانِ وَ مِنْ شَرِّ الْجِنِّ وَ اْلاِنْسَانِ آمِينَ

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

 

 

 

Аудио мавжуд эмас