Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 37
(1-50)

Farzi muhol bo’lib eng kichik bir zihayot maxluq tabiatga havola etilsa, "buni yaratgin" deyilsa; Risola-i Nurning ko’p yerlarida qat`iy burhonlarla isbot etilgani kabi, u kichik zihayotning a`zolari va jihozotlari adadicha qoliplar, balki uskunalar bor bo’lishi kerakdir; toki, tabiat u ishni qilib bilsin.

Ham moddiyun deyilgan bir qism ahli zalolat, zarralardagi intizomli almashinuvlar ichida xoliqiyati Ilohiyning va qudrati Rabboniyaning bir jilvayi a`zamini his etganlaridan va u jilvaning qayerdan kelganini bilolmaganlaridan va u qudrati samadoniyaning jilvasidan kelgan umumiy quvvatning qayerdan idora etilganini tushunolmaganlaridan, modda va quvvatni azaliy tavahhum etib, zarralarga va harakatlarga Ilohiy faoliyat hislatlarni bera boshlaganlar. Fasubhanalloh! Insonlarda bu daraja hadsiz jaholat bo’lishi mumkinmiki, makondan munazzah bo’lmoqla barobar har bir yerda har bir narsaning ijodida hamma narsani ko’radigan, biladigan, idora etadigan bir tarzda bo’ladigan bir vaziyatla bajargan fe`llarni va asarlarni; jonsiz, ko’r, shuursiz, irodasiz, me`zonsiz va tasoduf to’fonlari ichida chalqangan zarralarga va harakatiga bermoq, naqadar johilona va xurofotkorona bir fikr bo’lganini, zarra qadar aqli bo’lganlarning bilishi kerakdir. Ha, bu hariflar vahdati mutloqadan voz kechkanlari uchun, hadsiz va nihoyatsiz bir kasrati mutloqaga tushganlar; ya`ni birta ilohni qabul etmaganlari uchun, nihoyatsiz ilohlarni qabul etishga majbur bo’ladilar. Ya`ni birta Zoti Aqdasning xossasi va lozimi zotiysi bo’lgan azaliyatni va xoliqiyatni, buzilgan aqllariga sig’ishtirolmaganlaridan; u hadsiz, nihoyatsiz jonsiz zarralarning azaliyatlarini, balki uluhiyatlarini qabul etishga maslaklaricha majbur bo’ladilar...

Mana sen kel, johiliyatning nihoyatsiz darajasiga boq! Ha, zarralardagi jilva esa; zarralar toifasini Vojibul Vujudning quvvati, qudrati ila, amriyla muntazam va muhtasham bir qo’shin hukmiga keltirgandir. Agar bir soniya u Ko’mondoni A`zamning amri va quvvati orqa olinsa, u ko’p kasratli jonsiz, shuursiz toifa, boshibuzuqlar hukmiga o’tadilar; balki butun butun mavh bo’ladilar.

Ham insonlarning bir qismi go’yo yanada oldinroqqa ketib, yanada ziyoda johilona bir zalolatla Soniyi Zuljalolning g’oyat latif, nozanin, mute`, musahhar bir ijroot sahifasi va amrlarining bir naqliyot vositasi va zaif bir tasarrufot pardasi va latif bir kitobot siyohi va eng nozanin bir ijodot hullasi va bir san`atining asosi va ekinzorining maydoni bo’lgan "efir" moddasini, jilvayi rububiyatiga oynadorlik etgani uchun asos va foil tavahhum etganlar. Bu ajib jaholat, hadsiz muhollarni lozim etadi. Chunki efir moddasi, moddiyunlarni bug’gan zarralar moddasidan yanada latif va eski hukamolarning talpingani heylula mundarijasidan yanada nozik, ixtiyorsiz, shuursiz, jonsiz bir moddadir. Bu hadsiz bir suratda parchalangan va qismlangan va yetkazgich va o’tkazgich xossasi ila va vazifasiyla jihozlangan bu moddaga, balki u moddaning zarradan ko’p daraja yanada kichik bo’lgan zarralariga; hamma narsada hamma narsani ko’radigan, biladigan, idora etadigan bir ixtiyor va bir iqtidor ila vujud topgan fe`llarni, asarlarni berish, efirning zarralari adadicha xatodir.

Аудио мавжуд эмас