Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 35
(1-50)

O’ttizinchi Lam`aning Oltinchi Nuqtasi

Ismi Qayyumga boqadi.

 

Ismi Hayning bir xulosasi, Nur Chashmasining bir izohi bo’lgan; bu Ismi Qayyum ham, O’ttizinchi So’zning izohi bo’lishi munosib ko’rildi.

 

UZRHOL: Bu juda ahamiyatli masalalar va juda chuqur va keng Ismi Qayyumning jilvayi a`zami, ham muntazaman emas, balki boshqa boshqa lam`alar tarzida qalbga xotir etganidan, ham g’oyat qorishiq va tez va tadqiqsiz ilk nusxa holida qolganidan albatta ta`bir va ifodalarda ko’p nuqsonlar, intizomsizliklar topiladi. Masalalarning go’zalliklariga, mening qusurlarimni kechirishingizni so’rayman.

IXTOR: Ismi a`zamga oid nuqtalar, a`zamiy bir suratda keng, ham g’oyat chuqur bo’lganidan, xususan Ismi Qayyumga oid masalalar va bilxossa Birinchi Shu`aniHoshiya moddiyunlarga qaragani uchun, yanada ziyoda chuqur ketganidan, albatta har odam har masalani har jihatda tushunmas. Faqat harkas har masaladan bir daraja hissa olishi mumkin. "Bir narsa butun qo’lga kiritilmassa, butun butun qo’ldan chiqarilmas." qoidasi ila, "bu ma`naviy bog’ning butun mevalarini uzolmayman" deya voz kechmoq aql ishi emasdir. Inson naqadar uzsa, o’shancha foydadir. Ismi a`zamga oid masalalarning ihota etilmaydigan darajada kengligii bo’lgani kabi, aql ko’rmaydigan darajada nozikliklari ham bordir. Xususan Ismi Hayy va Qayyumga va bilxossa hayotning iymon arkonlariga qarshi ramzlariga va bilxossa Qazo va Qadar rukniga hayotning ishoratiga va Ismi Qayyumning Birinchi Shu`asiga harkasning fikri etisholmas, faqat hissasiz ham qolmas; balki har holda iymonini quvvatlantiradi. Saodati abaliyaning kaliti bo’lgan iymonning quvvatlanishi ahamiyati juda azimdir. Iymonning bir zarra qadar quvvati ziyoda bo’lishi, bir xazinadir. Imomi Rabboniy Ahmadi Faruqi deydiki: "Bir kichik masalayi iymoniyaning inkishofi, mening nazarimda yuzlab zavqlar va karomatlardan ustundir."

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ ۞ لَهُ مَقَالِيدُ السَّموَاتِ وَ اْلاَرْضِ ۞

وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ عِنْدَنَا خَزَائِنُهُ ۞ مَا مِنْ دَابَّةٍ اِلاَّ هُوَ آخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا

kabi qayyumiyati Ilohiyaga ishorat etgan oyatlarning bir nuqtasi va ismi a`zam va yoxud ismi a`zamning ikki ziyosidan ikkinchi ziyosi va yoxud ismi a`zamning olti nuridan oltinchi nuri bo’lgan Qayyum ismining bir jilvayi a`zami, Zulqa`da oyida aqlimga ko’rindi. Eskishahar hapsxonasidagi iznsizligim jihati ila u nuri a`zamni albatta tamomi ila bayon etolmayman, faqat Hazrati Imomi Ali (R.A.), Qasidayi Erjuzasida "Sakina" nomi oliysi ila bayon etgani ismi a`zam va Jaljalutiyasidagi juda muhtasham ismlarla ismi a`zam ichida bo’lgan u olti ismni eng a`zam, eng ahamiyatli tutgani uchun va ularning bahsi ichida karomatkorona bizga tasalli bergani uchun bu ismi Qayyumga ham, avvalgi besh asmo kabi, hech bo’lmasa muxtasar bir suratda "Besh Shu`a" ila, u nuri a`zamga ishorat etamiz.



Hoshiya Bu risolani o’qigan agar ilmli bo’lmasa, Birinchi Shu`ani o’qimasin yoki oxirida o’qisin;ikkinchidan boshlasin.

Аудио мавжуд эмас