Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 22
(1-50)

Oltinchi Ishorat: Fardiyati Rabboniya va vahdati Ilohiya, butun kamolotningHoshiya (Hoshiya) madori, asosi bo’lgani va koinotning hilqatidagi hikmatlarning va maqsadlarning manbai va ma`dani bo’lgani kabi, zishuur va aql sohiblarining, xususan insonlarning talablarining va orzularining hosil bo’lishining manbai va chorayi yagonasidir. Agar fardiyat bo’lmasa, basharning butun talab va orzulari so’nadi. Ham hilqati koinotning natijalari hechga tushadi, ham mavjud va muhaqqaq bo’lgan aksar kamolotning yo’q bo’lishiga vasila bo’ladi. Masalan: insonda eng shiddatli va o’zgarmas va ishq darajasida bir orzuyi baqo bor. Va u talabni bermoq uchun, butun koinotni sirri fardiyatla idorasida tutgan va bir manzilni yopib boshqa manzilni ochmoq kabi oson bir suratda dunyoni yopib oxiratni ochib biladigan bir zot, u orzuyi baqoni o’rniga keltira oladi. Va bu orzu kabi, abadga uzangan va koinotning atrofiga yoyilgan, basharning minglab orzulari, siri fardiyatga va haqiqati tavhidga bog’liqdirlar. Agar u fardiyat bo’lmasa; ular bo’lmas, natijasiz qoladilar. Va vahdatla butun koinotga birdan tasarruf etgan bir Zoti Fard bo’lmasa, u talablar o’rniga kelmas. Farazan kelsa ham juda noqis bo’ladi.

Mana bu siri azim uchundirki: Qur`oni Mo’`jizul Bayon, tavhid va fardiyatni juda ko’p takror ila, quvvatli bir haroratla, yuksak bir halovatli dars bergani kabi; butun anbiyo va asfiyo va avliyo eng buyuk zavqlarini va saodatlarini; kalimayi tavhid bo’lgan "La Ilaha Illa Hu"da topadilar.

Yettinchi ishorat: Mana bu tavhidi haqiqiyni butun martabalari bilan eng mukammal bir suratda dars bergan, isbot etgan, e`lon etgan Muhammad Alayhissalotu Vassalamning risolati, albatta u tavhidning qat`iyati darajasida sobit bo’lmoq lozim keladi. Chunki modomiki doirayi vujudning eng buyuk haqiqati bo’lgan tavhidni butun haqoiqi ila u zot dars beradi.. albatta tavhidni isbot etgan butun burhonlar; umumiyatla uning risolatini va vazifasining haqqoniyatini va da`vosining to’g’riligini ham qat`iy isbot etadi deb bo’ladi. Ha, bunday minglab haqoiqi oliyani jam etgan, Fardiyat va Vardoniyatni haqqi ila kashf etib dars bergan bir risolat; g’oyat qat`iy bir suratda u tavhid, u Fardiyatning muqtazosidir va lozimidir. Ular, uni har holda istarlar.

Mana u vazifani to’liqligiyla bajargan Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning shaxsiyati ma`naviyasining darajayi ahamiyatiga va ulviyatiga va bu koinotning bir quyoshi bo’lganiga shahodat etgan juda ko’p dalillardan, sabablardan uch donasini namuna sifatida bayon etamiz.



Hoshiya Hatto hadsiz kamol va jamoli Ilohiyning namoyon bo’lishiga eng zohir burhon va eng quvvatli bir dalil, vahdatdir. Chunki koinotning sonii Vohidi Ahad bilinsa, butun koinotdagi kamolot va jamollar, u Sonii Vohidda bo’lgan qudsiy kamolotning va jamollarning soyalari va jilvalari va ishoratlari va namunalari bo’lgani bilinadi. Bo’lmasa koinotning kamoloti va jamollari, maxluqotga va shuursiz bir qism sabablarga oid bo’lar edi. U vaqt aqli bashar nazarida kamoloti Ilohiyaning xazinayi sarmadiyasi kalitsiz, yashirin qolar edi.

Аудио мавжуд эмас