Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 21
(1-50)

Holbuki فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرَى مِنْ فُطُورٍ oyatiyla zarralardan to sayyoralarga, farshdan to arshga qadar hech bir jihatla qusur va nuqson va tartibsizlik asari ko’rilmaganidan, g’oyat porloq bir suratda, bu nizomi koinot va shu intizomi maxluqot va shu muvozanayi mavjudod, Ismi Fardning jilvayi a`zamini ko’rsatib vahdatga shahodat etadi. Ham jilvayi ahadiyat siri ila, eng kichik bir zihayot maxluq, koinotning bir misoli musag’g’arasi va kichik bir mundarijasi hukmida bo’lganidan; u bir zihayotga sohib chiqqan, butun koinotni qabzayi tasarrufida tutgan bir zot bo’lishi mumkin. Va bir urug’, hilqatcha bir daraxtdan orqada bo’lmagani; va bir daraxt, kichik bir koinot hukmida bo’lgani.. har bir zihayot ham, kichik bir koinot va kichik bir olam hukmida bo’lganidan; bu siri ahadiyat jilvasi, shirk va ishtirokni muhol darajasida keltiradi.

Bu koinot, u sirr ila; nafaqat yolg’iz bo’linishni qabul etmaydigan bir umumlikdir; balki mohiyatcha, qismlanish va ishtirok va bo’linish imkonsiz va ko’plab qo’llarni qabul etmaydigan bir umumlik hukmiga o’tganidan; undagi har bir juz`i, bir parcha va bir fardi hukmida; va u kull ham, bir kulliy hukmida bo’lganidan, hech bir jihatla ishtirokning imkoni bo’lmaydi. Bu Ismi Fardning jilvayi a`zami; haqiqati tavhidni, bu siri ahadiyatla badohat darajasida isbot etadi.

Ha, koinotning navlari bir-biri ichiga aralash bo’lishi va chambarchas bog’lanishi va har birining vazifasi umumga boqqani jihatla; koinotni rububiyat va ijod nuqtasida bo’linishni qabul etmas bir umumiylik hukmiga keltirgani misol; koinotda faoliyat ko’rsatgan umumiy muhit faoliyatlar ham, bir-birining ichida qo’shilish jihati ila, ya`ni masalan hayot bermoq fe`li ichida, ayni onda iosha va rizq berish fe`li ko’rinadi. Va u iosha, ihyo fe`llari ichida ayni zamonda u zihayotning jasadini intizom, jihozlash fe`llari mushohada bo’lmoqda. Va u iosha, ihyo, intizom, jihozlash fe`llari ichida; ayni vaqtda tasvir, tarbiya va tadbir fe`llari nazarga ko’rinmoqda. Va hokazo.. bunday muhit va umumiy fe`larning bir-biri ichiga kirishi va aralash bo’lishi.. va ziyodagi yetti rang kabi birlashishi balki ittihod etishi e`tiboriyla va u fe`llarning har biri mohiyatcha bir birlik va vahdat ichida aksar mavjudotda ihotasi va qamrovi.. va vahdoniy biror fe`l bo’lganidan, har holda foilining birta zot bo’lishi.. va har biri umum koinotni istilo etishi.. va boshqa faoliyat ila yordamkorona birlashishi e`tibori ila, koinotni bo’linishi qabul etmas bir umumiylik hukmiga keltirgani kabi; zihayot maxluqlarning har birisini, koinotning bir urug’i, bir mundarijasi, bir namunasi hukmida bo’lganidan, koinotni rububiyat nuqtasida bo’linishi va ajralishi imkon xorijida bir umumiylik hukmiga keltirgandir. Demak koinot shunday bir to’plamdirki; bir bo’lagiga Rob bo’lgan, umum u to’plamga Rob bo’ladi. Va shunday bir umumiydirki; har bir parcha, bir fard hukmiga o’tib, birta fardga rububiyatini tinglattirmoq, umum u umumiylikni musahhar etmoqla bo’lishi mumkin.

Аудио мавжуд эмас