Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 18
(1-50)

Demak vahdatda, fardiyatda; bir chumoli bir Fir`avnni, bir pashsha bir Namrudni, bir mikrob bir zolimni u bog’liqlik quvvatiyla mag’lub eta olgani kabi; no’xat donasi kichikligida bir urug’ ham tog’ kabi haybatli bir chinor daraxtini yelkasida tashiy oladi. Ha, qandayki bir qo’mondoni a`zam, bir askarning yordamiga bir qo’shinni yubora olar e`tiboriyla va u askarning orqasida bir qo’shinni yig’ib bilgani jihatiyla; u askar, bir qo’shin o’zining orqasida ma`nan bo’lgani kabi bir quvvati ma`naviya ila juda buyuk ishlarga, qo’mondoni nomiga mazhar bo’ladi. Xuddi shuning kabi: Sultoni Azaliy, Fard va Ahad bo’lganidan –hech bir jihatla ehtiyoj yo’q, agar farazan ehtiyoj bo’lsa- hamma narsaning yordamiga hamma narsani yuboradi va har bir narsaning orqasiga koinot qo’shinini yig’adi va har bir narsa koinot qadar bir quvvatga tayanadi va har bir narsaga qarshi hamma narsalar -farazan agar ehtiyoj bo’lsa- u Qo’mondoni Fardning quvvati hukmiga o’tishi mumkin. Agar Fardiyat bo’lmasa, har bir narsa butun bu quvvatni yo’qotadi, hech hukmiga kichrayadi; natijalari ham hechga tushadi.

Mana ko’zimizla har vaqt mushohada etganimiz bu juda horiqo asarlarning g’oyat kichik ahamiyatsiz narsalardan kelib chiqishi, bilbadoha Fardiyat va Ahadiyatni ko’rsatadi. Bo’lmasa hamma narsaning natijasi, mevasi, asari; u narsaning moddasi va quvvati kabi kichrayib hechga tushar edi. Va ko’zimiz o’ngidagi g’oyat qiymatdor narsalarning g’oyat darajada arzonligi va nihoyat darajada to’kinligi, hech qolmas edi. Hozir qirq lira ila oladiganimiz bir qovunni, bir anorni; qirq ming lira bilan ham yeyolmas edik. Ha, dunyodagi butun osonlik, butun arzonlik, butun to’kinlik; vahdatdan keladi va Fardiyatga shahodat etadi.

Ikkinchi Nuqta: Mavjudod ikki vajhla ijod etiladi. Biri; "ibdo va ixtiro" ta`bir etilgan hechdan ijoddir. Boshqasi; "insho va tarkib" ta`bir etilgan mavjud bo’lgan unsurlar va narsalarda to’plamoq surati ila unga vujud bermoqdir. Agar jilvayi Fardiyatga va siri Ahadiyatga ko’ra bo’lsa, hadsiz daraja bir osonlik, balki vujub darajasida bir osonlik bo’ladi. Agar Fardiyatga berilmasa, hadsiz daraja mushkul va g’ayri ma`qul, balki imkonsizlik darajasida bir qiyinchilik bo’ladi. Holbuki koinotdagi mavjudod, nihoyat darajada kulfatsiz bo’lib va osonlikla va qulaylikla g’oyat mukammal bir suratda vujudga kelishlari, jilvayi Fardiyatni bilbadoha ko’rsatadi va hamma narsa to’g’ridan to’g’riga Zoti Fardi Zuljalolning san`ati bo’lganini isbot etadi.

Ha, agar hamma narsa Fardi Vohidga berilsa, bir gugurt choqmoq kabi, asarlari ila azamati anglashilgan u nihoyatsiz qudrati ila hechdan ijod etadi va ihotali nihoyatsiz ilmi ila hamma narsaga ma`naviy bir qolip hukmida bir miqdor tayin etadi. Va u oyinayi ilmidagi hamma narsaning suratiga va rejasiga ko’ra osonlik bilan har bir narsaning zarralari u qolibi ilmi ichiga joylashadi, muntazaman vaziyatlarini muhofaza etadilar. Agar atrofdan zarralarni to’plamoq lozim kelsa ham, ilmiy qonunlarning va qudratning ihotali dasturlari jihatiyla; u zarralar, ilmiy qonuni va qudrat yo’naltirishi ila bog’lanishlari e`tiboriyla mute` bir qo’shinning askarlari kabi muntazaman qonuni ilmiy va qudrat yo’naltirishi ila kelib u narsaning vujudini ihota etgan qolibi ilmiy va miqdori qadariy ichiga kirib osonlik bilan vujudini tashkil etadilar. Balki oynadaki aksning fotoapparat vositasiyla qog’oz ustiga paydo bo’lishi vayoxud ko’rinmagan bir yozuv ila yozilgan bir maktubga ko’rsatadigan moddani surtmoqla ko’ringani kabi, Fardi Vohidning ilmi azaliysining oynasida bo’lgan narsalar mohiyati va mavjudodlar suratiga g’oyat osonlik bilan, qudrat ularga vujud yaratadi va olami ma`nodan olami zuhurga keltiradi, ko’zlarga ko’rsatadi. Agar Fardi Vohidga berilmasa, bir pashshaning vujudini ro’yi zaminning atrofidan va unsurlardan g’oyat sezgir bir me`zonla to’plamoq, xuddiki yer yuzini va unsurlarni elaklab har tarafdan u maxsus vujudning maxsus zarralarini keltirib san`atli vujudida muntazam joylashtirmoq uchun moddiy qolip, balki a`zolari sonicha qoliblar bo’lishi va u vujuddagi tuyg’ular va ruh kabi nozik, chuqur, ma`naviy latoifni ham me`zoni maxsusla ma`naviy olamlardan jalb etmoq lozim keladi.

Аудио мавжуд эмас