Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 17
(1-50)

Uchinchi Ishorat: Ismi Fardning tajalliyi a`zamiyla koinotni bir-biri ichida hadsiz maktuboti Samadoniya hukmiga keltirib, har maktubda hadsiz xotami vahdoniyat va juda ko’p muhri ahadiyat bosilganday, har bir maktubning kalimalari adadicha ahadiyat muhrlarini toshiydi va u muhrlarning adadicha kotibini ko’rsatadi. Ha, har bir gul, har meva, har bir o’t, hatto har bir hayvon, har bir daraxt biror muhri ahadiyat va biror sikkayi Samadiyat bo’lganlarini va bo’lganlari makon esa bir maktub suratini olishi jihatiyla har biri bir imzo shaklini oladi; u makonning kotibini ko’rsatadi. Masalan: Bir bog’chada bir sariq gul, u bog’cha naqqoshining bir muhri hukmidadir. U gul muhri kimniki bo’lsa, butun zamin yuzidagi u navi gullar, u zotning kalimalari hukmida bo’lganiga va u bog’cha ham uning yozuvi bo’lganiga, ochiq bir suratda dalolat etadi. Demak bo’ladiki; har bir narsa, umum ashyoni Xoliqiga mulk etib, a`zamiy bir tavhidga ishorat etadi.

To’rtinchi Ishorat: Ismi Fardning jilvayi a`zami quyosh kabi zohir bo’lmoqla barobar, vujub darajasida bir aqlga uyg’unlik va hadsiz bir osonlikla qabul etiladi. Va u jilvaning muxolifi va ziddi bo’lgan shirk, nihoyat darajada mushkul va aqldan g’oyat darajada uzoq, balki muhol va imkonsiz darajasida bo’lganini isbot etgan ko’p burxonlar, Risola-i Nurning parchalarida bayon etilgan. Hozircha u dalillardagi u nuqtalarning tafsilotini u risolalarga havola etib, yolg’iz "Uch Nuqta"sini bu yerda bayon etamiz.

Birinchisi: O’ninchi va Yigirma To’qqizinchi So’zlarning oxirlarida ijmolan va Yigirmanchi Maktubning oxirida tafsilan g’oyat qat`iy burhonlar ila isbot etganmizki: Zoti Fard va Ahadning qudratiga nisbatan eng buyuk narsaning ijodi, eng kichik bir narsa kabi osondir. Bir bahorni, bir gul kabi qulaylikla xalq etar. Minglab xashrning namunalarini har bahorda ko’zimiz oldida osonlikla ijod etar. Katta bir daraxtni, kichik bir meva kabi rohatcha idora etar. Agar ko’p sonli sabablarga havola etilsa, har bir meva,bir daraxt qadar masrafli va mushkul.. va bir gul, bir bahor qadar zahmatli va mushkilotli bo’lar. Ha, qandayki bir qo’shinning askarlar jihozlantirilishi bir qo’mondonning amri ila bir fabrikada qilinsa; u qo’shnining jihozlari, xuddiki birta nafarning jihozlari kabi osonlashadi. Agar har askarning jihozoti boshqa-boshqa fabrikalarda qilinsa va idorayi askariyasi vahdatdan kasratga kirsa; u vaqt har bir askar, qo’shin qadar fabrikalar istaydi.

Aynan shuning kabi agar hamma narsa Zoti Fard va Ahadga berilsa; butun bir navning hadsiz fardlari, birta fard kabi oson bo’ladi. Agar sabablarga berilsa; har bir fard, u nav qadar mushkul bo’ladi. Ha, vahdat ham, fardiyat ham; hamma narsaning u Zoti Vohidga bog’likligi bilan bo’ladi va unga tayanadi. Va bu tayanish va bog’liklik esa; u narsa uchun hadsiz bir quvvat, bir qudrat hukmiga o’ta oladi. U vaqt, kichik bir narsa, u bog’liklik va tayanish quvvati ila, minglab daraja quvvati shaxsiyasining ustunligida ishlar qilishi mumkin, natijalar berishi mumkin. Va juda quvvatli bo’lgan Fard va Ahadga tayanish va bog’liklik etmagan bir narsa, o’z shaxsiy quvvatiga ko’ra, kichik ishlar qilishi mumkin va natijasi unga ko’ra kichrayadi. Masalan: Qandayki boshi buzuq, g’oyat jasur, quvvatli bir odam, o’z qurollarini va zahirasini barobar va belida tashishga majbur bo’lganidan, faqatgina o’n kishilik dushmaniga qarshi vaqtincha qarshi kela oladi. Chunki shaxsiy quvvati u qadar asar ko’rsata oladi. Faqat, askarlik vositasiyla bir qo’mondoni a`zamga bog’langan va tayangan bir odam; o’z manbayi quvvatini va rizq zahirasini o’zi tortishga va tashishga majbur bo’lmagani uchun, u bog’liklik va tayanish, u uchun tuganmas bir quvvat, bir xazina hukmiga o’tganidan; mag’lub bo’lgan dushman qo’shinining bir qo’mondonini, balki minglab odamla barobar, u bog’liqlik quvvati ila asir etishi mumkin.

Аудио мавжуд эмас