Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 14
(1-50)

Alhosil: Modomiki koinot mavjuddir va inkor etilmaydi; albatta koinotning ranglari, ziynatlari, ishiqlari, ziyolari, san`atlari, hayotlari, robitalari hukmida bo’lgan hikmat, inoyat, rahmat, jamol, nizom, me`zon, ziynat  kabi namoyon haqiqatlar, hech bir jihatla inkor etilmas. Modomiki bu sifatlarning, fe`llarning inkori mumkin emasdir; albatta u sifatlarning vosifi va u fe`llarning foili va u ziyolarning quyoshi bo’lgan Zoti Vojibul Vujud, Hakim, Karim, Rahim, Jamil, Hakiym, Odil ham hech bir jihatla inkor etilmas va inkorni qabul etmas. Va albatta u sifatlarning va u fe`llarning madori zuhurlari, balki madori kamollari, balki madori namunalari bo’lgan rahbari akbar, muallimi akmal va dalloli a`zam va tilsimi koinotning kashshofi va oyinayi Samadoniy va Habibi Rahmoniy bo’lgan Muhammad Alayhissalotu Vassalamning risolati hech bir jihatla inkor etilmas. Olami haqiqatning va haqiqati koinotning ziyolari kabi, buning risolati ham koinotning eng porloq bir ziyosidir.

 

عَلَيْهِ وَعَلَى آلِهِ وَصَحْبِهِ الصَّلاَةُ وَالسَّلاَمُ

بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ اْلاَيَّامِ وَذَرَّاتِ اْلاَنَامِ

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

 

* * *

 

 


Аудио мавжуд эмас