Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 10
(1-50)

Uchinchi Nuqta: Soniyi Qodir, Ismi Hakiym va Hakimi ila bu olam ichida minglab muntazam olamlarni joylashtirgan. U olamlar ichida eng ziyoda koinotdagi hikmatlarga mador va mazhar bo’lgan insonni, bir markaz, bir mador hukmida yaratgan. Va u koinot doirasining eng muhim hikmatlari va foydalari, insonga boqadi. Va inson doirasi ichida ham, rizqni bir markaz hukmiga keltirgan. Olami insoniyda aksar hikmatlar, maslahatlar; u rizqqa boqadi va u bilan namoyon etadi. Va insonda shuur va rizqda zavq vositasi ila Ismi Hakimning jilvasi porloq bir suratda ko’rinadi. Va shuuri insoniy vositasi ila kashf bo’lgan yuzlab fanlardan har bir fan, Hakiym ismining, bir navida bir jilvasini ta`rif etadi. Masalan Tib Fanidan savol bo’lsa: "Bu koinot nimadir?" Albatta deydiki: "G’oyat muntazam va mukammal bir ajzaxonayi kubrodir. Ichida har bir dori go’zalcha hozirlangan va terilgandir." Fani Kimyodan so’ralsa: "Bu yer sayyorasi nimadir?" Deydi: "G’oyat muntazam va mukammal bir kimyoxonadir." Fani Uskuna deydi: "Hech bir qusuri bo’lmagan g’oyat mukammal bir fabrikadir." Fani Ziroat deydi: "Nihoyat darajada hosildor, har navi ekinni vaqtida yetishtirgan muntazam bir ekinzordir va mukammal bir bog’dir." Fani Tijorat deydi: "G’oyat muntazam bir ko’rgazma va juda intizomli bir bozor va mollari juda san`atli bir do’kondir." Fani Iosha deydi: "G’oyat muntazam, butun arzoqning anvoyini jamlagan bir ombordir." Fani Rizq deydi: "Yuz minglab laziz taomlar barobar kamoli intizom ila ichida pishirilgan bir oshxonayi Rabboniy va bir qozoni Rahmoniydir." Fani askariya deydiki: "Yer bir qarorgohdir. Har bahor mavsumida yangi taxti silohga olingan va zamin yuzida chodirlari qurilgan to’rt yuz ming muxtalif millatlar u qo’shinda bo’lgani holda; boshqa-boshqa arzoqlari, boshqa-boshqa liboslari, silohlari, boshqa-boshqa ta`limotlari, tarhisotlari kamoli intizom ila hech birini unutmasdan va chalkashmasdan, birgina Qo’mondoni A`zamning amri ila, quvvati ila, marhamati ila, xazinasi ila g’oyat muntazam bajarilib, idora etiladi." Va Fani Elektrdan so’ralsa, albatta deydiki: "Bu muhtasham saroyni koinotning tomi, g’oyat intizomli, me`zonli hadsiz elektr chiroqlari ila ziynatlangandir. Faqat shu qadar horiqo bir intizom va me`zon iladirki: Boshda Quyosh bo’lib Yer sayyorasidan ming marta katta u samoviy chiroqlar, doimo yonganlari holda muvozanalarini buzmaydilar, portlamaydilar, yong’in chiqarmaydilar. Sarfiyotlari hadsiz bo’lgani holda, kirimlari va yonilg’ilari va yonish moddalari qancha keladi? Nima uchun tugamaydi? Nima uchun yonmoq muvozanasi tugamaydi?.. Kichik bir chiroq ham muntazam boqilmasa, so’nadi. Astronomiyacha Yer sayyorasidan bir milliondan ziyoda katta va bir million yildan ziyoda yashagan QuyoshniHoshiya ko’mirsiz, yog’siz yondirgan;

so’ndirmagan Hakimi Zuljalolning hikmatiga, qudratiga boq. "Subhanalloh" de. Quyoshning muddati umrida o’tgan daqiqalarining soniyalari adadicha "Mashaalloh, Barakalloh, La Ilaha Illa Hu" ayt. Demak bu samoviy chiroqlarda g’oyat  horiqo bir intizom bor va ularga ko’p diqqatla boqilmoqda. Go’yo u juda buyuk va juda ko’p olovli sharlarning va g’oyat ko’p qandili nuriyalarning bug’ qozoni esa, harorati tuganmas bir Jahannamdirki, ularga nursiz harorat beradi. Va u elektr chiroqlarining uskunasi va markaziy fabrikasi, doimiy bir Jannatdirki, ularga nur va ishiq beradi. Ismi Hakiym va Hakimning jilvayi a`zamiyla, intizomiyla yonishlari davom etadi. Va hokazo... Bularga qiyosan yuzlab fanning har birisining qat`iy shahodati ila, nuqsonsiz bir intizomi akmal ichida hadsiz hikmatlar, maslahatlarla bu koinot ziynat etilgandir. Va u horiqo va ihotali hikmatla, umum koinotga bergan intizomi va hikmatlari, eng kichik bir zihayot va bir urug’da kichik bir miqyosda joylashtirilgan. Va ma`lum va badihiydirki; intizom ila g’oyalarni va hikmatlarni va foydalarni ta`qib etmoq; ixtiyor ila, iroda ila, qasd ila, mashi`at ila bo’lishi mumkin; boshqa bo’lolmas. Ixtiyorsiz, irodasiz, qasdsiz, shuursiz asbob va tabiatning ishi bo’lmagani kabi, aralashishlari ham bo’lolmas. Demak bu koinotning butun mavjudotidagi hadsiz intizomot va hikmatlariyla iqtizo etganlari va ko’rsatganlari bir Foili Muxtorni, bir Soniyi Hakimni bilmaslik yoki inkor etmoq, naqadar ajib bir jaholat va devonalik bo’lgani ta`rif etilmas. Ha, dunyoda eng ziyoda hayrat etiladigan bir narsa bo’lsa, u ham bu inkordir. Chunki koinotning mavjudotidagi hadsiz intizomot va hikmatlari ila, vujud va vahdatiga shohidlar bo’lganligi holda; uni ko’rmaslik, bilmaslik, qay daraja ko’rlik va jaholat bo’lganini, eng ko’r johil ham anglar. Hatto deyishim mumkinki; ahli kufrning ichida, koinotning vujudinin inkor etganlaridan axmoq deb o’ylangan Sofestaiylar, eng aqllilaridir. Chunki koinotning vujudini qabul etmoqla Allohga va Xoliqiga ishonmaslik qabul va mumkin bo’lmaganidan, koinotni inkorga boshladilar. O’zlarini ham inkor ettilar. "Hech narsa yo’q" deb aqlidan ayrilib, aql pardasi ostida boshqa munkirlarning hadsiz aqlsizliklaridan qutulib, bir daraja aqlga yaqinlashdilar.



Hoshiya Ajabo dunyo saroyini isintirgan Quyosh o’chog’iga vayoxud chirog’iga naqadar o’tin va ko’mir va gazyog’i lozim bo’lgani hisob etilsin. Har kun yonishi uchun -Astronomiyaning so’ziga qaralsa- bir million Yer sayyorasi qadar o’tin yig’inlari va minglab dengizlar qadar kerosin kerakdir. Hozir o’yla; uni o’tinsiz, gazsiz doimiy ishiqlantirgan Qodiri Zuljalolning hashmatiga, hikmatiga, qudratiga Quyoshning zarralari adadicha "Subhanalloh, Mashaalloh, Barakalloh" de.

Аудио мавжуд эмас