Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 7
(1-50)

Mana Haqoiqi Qur`oniyadan va dasturi Islomiyadan bo’lgan "adolat, iqtisod, nazofat" hayoti bashariyada qay daraja asosli bir-bir dastur bo’lganini tushun. Va ahkomi Qur`oniya qay daraja koinotla aloqador va koinot ichiga ildiz otgan va o’ralgan ekanligini va u haqiqatni buzmoq, koinotni buzmoq va suratini almashtirmoq kabi mumkin bo’lmaganini bil!. Va bu uch ziyoyi a`zam kabi; rahmat, inoyat, hofiziyat misli yuzlab ihotali haqiqatlar xashrni, oxiratni iqtizo va lozim etganlari holda, hech mumkinmidirki: Koinotda va umum mavjudodda hukmron bo’lgan rahmat, inoyat, adolat, hikmat, iqtisod va nazofat kabi juda quvvatli ihotali haqiqatlar; hashrning adamiyla va oxiratning kelmasligi bilan marhamatsizlikka, zulmga, hikmatsizlikka, isrofga, nazofatsizlikka, foydasizlikka inqilob etsinlar? Xosho, yuz ming marta xosho! Bir chivinning haqqi hayotini rahimona muhofaza etgan bir rahmat, bir hikmat; ajabo hashrni keltirmaslik bilan umum zishuurlarning hadsiz huquqi hayotlarini va nihoyatsiz mavjudodning nihoyatsiz huquqlarini zo`ye etarmi? Va ta`biri o’rinli bo’lsa, rahmat va shafqatda va adolat va hikmatda hadsiz sezuvchan va diqqat ko’rsatgan bir hashmati rububiyat; va kamolotini ko’rsatmoq va o’zini tanittirmoq va sevdirmoq uchun bu koinotni hadsiz horiqo san`ati ila, ne`matlari ila bezantirgan bir saltanati uluhiyat, bunday ham umum kamolotini, ham butun maxluqotini hechga tushirgan va inkor ettirgan hashrsizlikka muso`ada etarmi? Xosho! Bunday bir Jamoli Mutloq, bunday bir mutloq chirkinlikka badohatla muso`ada etmas. Ha, oxiratni inkor etmoq istagan odam, avvalcha butun dunyoni butun haqiqati ila inkor etishi kerak. Bo’lmasa, dunyo butun haqiqati ila, yuz ming lison ila uni yolg’on etib bu yolg’onida yuz ming daraja yolg’onchiligini isbot etadi. O’ninchi So’z qat`iy dalillarla isbot etganki; oxiratning vujudi, dunyoning vujudi qadar qat`iy va shubhasizdir.

 

 


Аудио мавжуд эмас