Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 6
(1-50)

Mana kel, Quyosh ila farqli o’n ikki sayyoraning muvozanalariga boq. Ajabo bu muvozana, Quyosh kabi, Adl va Qodir bo’lgan Zoti Zuljalolni ko’rsatmaydimi? Va bilxossa sayyoradan bo’lgan kemamiz ya`ni Yer sayyorasi, bir yilda yigirma to’rt ming yillik bir doirada kezadi, sayohat etadi. Va u horiqo tezligi ila barobar zaminning yuzida tizilgan, tuzilgan narsalarni tarqatmaydi, silkitmaydi, fazoga otmaydi. Agar tezligi bir parcha ziyoda va kam etilsa edi, yashovchilarini havoga otib fazoga tarqatar edi. Va bir daqiqa, balki bir soniya muvozanasini buzsa, dunyomizni buzadi; balki boshqasi ila to’qnashadi, bir qiyomatni keltiradi. Va bilxossa zaminning yuzida nabotiy va hayvoniy to’rt yuz ming toifaning tavalludod va vafotcha va iosha va yashashcha rahimona muvozanalari; ziyo quyoshni ko’rsatgani kabi, yakka Zoti Adl-i Rahiymni ko’rsatadi. Va bilxossa u hadsiz millatlarning hadsiz fardlaridan birgina fardning a`zosi, jihozoti, tuyg’ulari shu daraja sezgir bir me`zonla bir-biri bilan munosabatdor va muvozanatdadirki; u uyg’unlik, u muvozana, badohat darajasida bir Sone`i Adl-i Hakimni ko’rsatadi. Va bilxossa har fardi hayvoniyning badanidagi hujayralarning va qon mojarolarini va qondagi donalarning va u donalardaki zarralarning shu daraja nozik va sezgir va horiqo muvozanalari bor, bilbadoha isbot etadiki: Hamma narsaning tizgini qo’lida va hamma narsaning kaliti yonida va bir narsa bir narsaga mone` bo’lmaydi.. umum ashyoni birgina narsa kabi osonlik bilan idora etgan birgina Holiqi Adl-u Hakimning me`zoni ila, qonuni ila, nizomi ila tarbiya va idora bo’ladi. Hashrning mahkamayi kubrosida me`zoni azimi adolatida jin va insning muvozanayi amallarini aqldan uzoq ko’rib ishonmagan, bu dunyoda ko’zi bilan ko’rgani bu muvozanayi akbarga diqqat etsa, albatta aqldan uzoq ko’rishi qolmas.

Ey isrofli, e`tiqodsiz.. ey zulumli, adolatsiz.. ey kirli, nazofatsiz badbaxt inson! Butun koinotning va butun mavjudodning dasturi harakati bo’lgan iqtisod va nazofat va adolatni qilmaganingdan, umum mavjudodga muxolafatingla, ma`nan ularning nafratlariga va hiddatlariga mazhar bo’lyapsan. Nimaga tayanyapsanki; umum mavjudodni zulming ila, me`zonsizligingla, isrofingla, nazofatsizligingla qizdiryapsan? Ha, Ismi Hakimning jilvayi a`zamida a`zamidan bo’lgan hikmati omma-i koinot, iqtisod va isrofsizlik ustida harakat etadi; iqtisodni amr etadi. Va Ismi Adlning jilva-i a`zamidan kelgan koinotdagi adolati tomma, umum ashyoning muvozanalarini idora etadi va basharga ham adolatni amr etadi. Surayi Rahmonda

وَالسَّمَاءَ رَفَعَهَا وَوَضَعَ الْمِيزَانَ اَلاَّ تَطْغَوْا فِى الْمِيزَانِ

وَاَقِيمُوا الْوَزْنَ بِالْقِسْطِ وَلاَ تُخْسِرُوا الْمِيزَانَ

oyatidagi to’rt martaba, to’rt navi me`zonga ishorat etgan to’rt marta "me`zon" zikr etishi, koinotda me`zonning darajayi azamatini va favqulotda juda katta ahamiyatini ko’rsatadi. Ha, hech bir narsada isrof bo’lmagani kabi, hech bir narsada ham haqiqiy zulm va me`zonsizlik yo’qdir. Va Ismi Quddusning jilvayi a`zamidan kelgan tozalik va nazofat, butun koinotning mavjudotini tozalaydi, go’zallashtiradi. Basharning bulg’angan qo’li qo’shilmaslik sharti ila, hech bir narsada haqiqiy nazofatsizlik va chirkinlik ko’rinmaydi.

Аудио мавжуд эмас