Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 3
(1-50)

Mana bu birgina fe`l, ya`ni birgina haqiqat bo’lgan tozalash; Ismi Quddus kabi bir ismi a`zamdan, koinotning doirayi a`zamida ko’ringan bir jilvayi a`zamdirki, to’g’ridan to’g’riga mavjudiyati Rabboniyani va Vahdoniyati Ilohiyani asmoyi husnasi ila barobar, quyosh kabi keng va durbin kabi bo’lgan ko’zlarga ko’rsatadi.

Ha, Risola-i Nurning ko’p parchalarida qat`iy burhonlar ila isbot etilganki: Ismi Hakam va Ismi Hakimning bir jilvasi bo’lgan bezash fe`li va nizom, va Ismi Adl va Odilning bir jilvasi bo’lgan o’lchov fe`li va me`zon va Ismi Jamil va Karimning bir jilvasi bo’lgan bezash fe`li va ehson va Ismi Rob va Rohiymning bir jilvasi bo’lgan tarbiyalash fe`li va in`om; bu doirayi a`zami olamda, har biri birta haqiqat va birta fe`l bo’lganlaridan, birgina zotning vujubi vujudini va vahdatini ko’rsatadilar. Aynan shuning kabi: Ismi Quddusning bir mazhari va bir jilvasi bo’lgan tozalash fe`li va poklash ham, u Zoti Vojibul Vujudning ham quyosh kabi mavjudiyatini, ham kunduz kabi vahdoniyatini ko’rsatadilar. Va mazkur nizom, o’lchov, bezash, tozalash misol u af`oli hakimona, a`zamiy darajada vahdati naviyalari nuqtasida birgina Soniyi Vohidni ko’rsatganlari kabi; asmoyi husnaning aksarisining, balki ming bir asmoning har birining bunday bir-bir jilvayi a`zami, bu doirayi a`zamda bordir. Va u jilvadan kelgan fe`l, kattaligi nisbatida vuzuh va qat`iyatla Vohidi Ahadni ko’rsatadi.

Ha, hamma narsani qonun va nizomiga itoat ettirgan hikmati omma va hamma narsani bezantirib yuzini kuldirgan shumulli inoyat va hamma narsagi sevintirib mamnun etgan keng rahmati va zihayot har narsani parvarishlab lazzatlantirgan hayotlantirgan umumiy rizq va har narsani umum narsalarga munosabatdor va foydalanuvchi va bir daraja molik etgan hayot va tiriltirish kabi koinotning yuzini kuldirgan, ishiqlantirgan badihiy haqiqatlar va vahdoniy fe`llar; ziyo quyoshni ko’rsatgani kabi, birgina Zoti Hakim, Karim, Rahiym, Razzoq, Hay va Muhyini bilbadoha ko’rsatadilar. Agar har biri bir-bir burhoni bahiri vahdoniyat bo’lgan u yuzlab keng fe`llardan birginasi Vohidi Ahadga berilmasa, yuzlab vajihda mahollar yuzaga keladi. Masalan: Ulardan nafaqat hikmat, inoyat, rahmat, iosha, ihyo kabi badihiy haqiqatlar va vahdoniy dalillar, balki yolg’iz tozalash fe`li koinot Xoliqiga berilmasa, u vaqt ahli zalolatning u maslaki kufriysida lozim keladiki: Yo tozalash ila aloqador zarradan, chivindan tut to unsurlarga, yulduzlarga qadar butun maxluqotning har biri katta koinotning ziynatini va me`zonini va bezalishini va tozalashini biladi, o’ylaydi va shunga ko’ra harakat qiladigan bir qobiliyatda bo’ladi... vayoxud Xoliqi Olamning sifati qudsiyasi o’zida topiladi.. vayoxud bu koinotning ziynati va tozaligi va kirim va masrafining muvozanalarini nizom etmoq uchun, koinot kattaligida bir majlisi mashvarat tashkil etiladi va hadsiz zarralar, chivinlar, yulduzlar u majlisning a`zolari bo’ladi va hokazo.. bular kabi xurafoli, safsatali yuzlab muhollar kelib chiqadi. Toki, har tarafda ko’ringan va mushohada etilgan umumiy va ihotali ulviy ziynat va poklash va tozalash vujud topa olsin. Bu esa bir muhol emas, balki yuz ming muhol o’rtaga kiradi. Ha, agar kunduzning ziyosi va zamindagi umum porloq narsalarda aks etgan xayoliy quyoshchalar Quyoshga berilmasa va birgina Quyoshning aks jilvasi deyilmasa, u vaqt zamin yuzida porlagan butun shisha parchalarida va suv qatralarida va qorning shishachalarida, balki havoning zarralarida bir-bir haqiqiy Quyosh bo’lishi lozim keladi. Toki, u umumiy ziyo vujud topa olsin.

Аудио мавжуд эмас