Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 2
(1-50)

Va samovotning fazosida, taxribga va mavtga mazhar bo’lgan sayyoralarning va jismlarning, balki yulduzlarning qoldiqlari, boshimizni va boshqa hayvonlarning boshlarini, balki Yer sayyorasining boshini, balki dunyomizning boshini yorar edilar. Tog’lar buyukligidagi toshlarni boshimizga yog’dirar edilar va bizni bu vatani dunyomizdan qochirar edilar. Holbuki eskidan beri u yuqori olamlardagi buzilish va ta`mirlashdan, madori ibrat bo’lib faqat bir nechta samoviy toshlar tushgan bo’lsada hech kimsaning boshini yormagan.

Ham zaminning yuzida har yil o’lim va hayotning almashishlari va tug’ilishlari yuzidan yuzminglab hayvonot millatlarining janozalari va ikki yuz ming nabotot toifalarining qoldiqlari, quruqlik va dengiz yuzlarini favqulotda shunday kirlatajak edilarki; zishuur, u yuzlarni nafaqat sevmoq, oshiq bo’lmoq balki shunday xunuklikdan nafrat etib o’limga va adamga qochar edilar. Bir qush osonlik bilan qanotlarini va bir kotib rohatcha sahifalarini tozalagani kabi, bu tayyorayi Yerning va bu samoviy qushning qanotlari va bu kitobi koinotning sahifalari ham shunday tozalanmoqda, go’zallashmoqdaki; oxiratning hadsiz go’zalligini ko’rmagan va iymon ila tushunmagan insonlar, dunyoning bu tozaligiga, bu go’zalligiga oshiq bo’ladilar, parastish etadilar.

Demak bu saroyi olam va bu fabrikayi koinot, Ismi Quddusning bir jilvayi a`zamiga mazhardirki, u tanzifi qudsiydan kelgan amrlarni, nafaqat yolg’iz dengizlarning go’shtxuranda tozalovchilari va yerning qartallari, balki bo’rilar va chumolilar kabi janozalarni to’playdigan tozalovchi ma`murlari ham tinglaydilar. Balki u qudsiy amri tanzifiyani, badanda jarayon etgan qondagi qizil va oq donchalari ham tinglab, badanning hujayrotida tozalik qilganlari kabi; nafas ham u qonni sof etadi, tozalaydi. Va u amrni; ko’z mijjalari, ko’zlarni tozalamoq va chivinlar, qanotlarini tozalamoq uchun tinglaganlari kabi, katta havo va bulut ham tinglar. Havo zaminning sathiga, yuziga qo’ngan to’z tuproq kabi changlarga uflar, toza etar. Bulut shabadasi, zamin bog’chasiga suv separ, to’z tuproqni bostirir. So’ngra ko’k yuzini ko’p zamon kirlatmaslik uchun, tezda changlarini to’plab kamoli intizom ila chekinar, yoshirinar. Ko’kning go’zal yuzini va ko’zini, tozalangan va supurilgan, yalt-yalt porlayotganday ko’rsatadi. Va u amri tanzifiyani yulduzlar, unsurlar, ma`danlar, nabototlar tinglaganlari kabi, butun zarralar ham tinglaydilarki, hayrat etuvchi o’zgarishlar to’fonlari ichida u zarralar tozalikka diqqat etadilar. Bir yerda keraksiz to’planmaydilar, gavjumlik etmaydilar. Bulg’angan bo’lsalar, tezda tozalanadilar. Eng toza va eng sof va eng porloq va eng pok vaziyatlarni; eng go’zal, eng sof, eng latif suratlarni olmoq uchun, bir dasti hikmat tarafidan yo’naltiriladilar.

Аудио мавжуд эмас