BESHINCHI MAKTUB
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
Naqshiy silsilasining qahramoni va quyoshi bo’lmish Imomi Rabboniy (R.A.) Maktubotida deganki: «Iymoniy haqiqatlardan bir masalaning inkishofini (ochilishini) minglab zavqlar va vajdlar va karomatlardan ustun qo’yaman.»
Ham yana deganki: «Barcha tariqatlarning so’nggi nuqtasi iymon haqiqatlarining oydinlashuvi va ochilishidir».
Ham yana deganki: «Valiylik uch qismdir. Biri valoyati sug’ro (ya`ni kichik valiylik)-ki, mashhur valiylikdir. Biri valoyati vusto (ya`ni o’rta valiylik), biri valoyati kubro (ya`ni katta valiylik)dir. Valoyati kubro esa payg’ambarga vorislik yo’li bilan, tasavvuf barzoxiga kirmasdan, to’g’ridan to’g’ri haqiqatga yo’l ochmoqdir».
Ham yana deganki: «Tariqi Naqshiyda ikki qanot ila suluk etiladi (yuriladi).» Ya`ni, «Iymon haqiqatlariga sog’lom bir suratda e`tiqod qilmoq va diniy farzlarga rioya qilish bilan bo’ladi. Bu ikki qanotda qusur bo’lsa, bu yo’lda yurib bo’lmaydi». Shunday ekan, Naqshiy tariqatining uch pardasi bor:
Biri va eng birinchisi va eng buyugi, to’g’ridan to’g’ri iymon haqiqatlariga xizmatdirki, Imomi Rabboniy (r.a.) ham umrining oxirlarida shu yo’l bilan ketgan.
Ikkinchisi, diniy farzlarga va sunnati saniyaga tariqat pardasi ostida xizmat qilishdir.