Yigirma birinchi Maktub.
Ey uyida keksa bir volida va yoki padari va yoki qarindoshlaridan va yoki mo’min qardoshlaridan bir ishga yaroqsiz va yoki ojiz, nogiron bir kishisi bor bo’lgan g’ofil! Shu oyati-kariymaga diqqat bilan boq-ki, bir oyatda besh marotaba ayri-ayri suratda keksa ota-onaga mehr-shafqat qilishga jalb etmoqda. Ha, dunyoda eng yuksak haqiqat padar va volidalarning farzandlariga bo’lgan mehr-shafqatlaridir. Va eng oliy huquq ham ularning u mehr-shafqatlariga javoban hurmat ko’rish haqlaridir. Chunki ular hayotlarini kamoli-lazzatla farzandlarining hayoti uchun fido etib sarflaydilar. Shunday ekan insoniylikdan chiqmagan va hayvonga aylanmagan har bir farzand, u muhtaram, sodiq, fidokor do’stlarga xolisona hurmat va samimiyona xizmat va rizoliklarini tahsil va qalblarini xushnud qilmog’i kerakdir. Amaki va amma padar hukmidadir, tog’a va xola ona hukmidadir.
Xullas, shu muborak qariyalarning borligini yoqtirmay o’limlarini orzu qilmoq naqadar vijdonsizlik va naqadar tubanlik ekanini bil, hushyor bo’l! Ha, hayotini sening hayotingga fido qilgan insonning hayoti tugashini orzu qilmoq naqadar chirkin bir zulm, bir vijdonsizlik ekanini angla...
Ey tirikchilik dardiga mubtalo bo’lgan inson! Bilki, sening uyingdagi barakot ustuni va rahmat vasilasi va musibatni daf etuvchi, uyingdagi o’sha sen yoqtirmagan keksa va yoki ko’r yaqinlaringdir. Zinhor dema-ki: "Tirikchiligim qiyindir, idora qilolmayapman." Chunki ular tufayli kelgan barakot bo’lmasa edi, albatta sening tirikchiliging yanada og’irlashardi. Bu sohada menga ishon. Buning ko’p qat`iy dalillarini bilaman, seni ham ishontira olaman. Faqat gapni cho’zmaslik uchun qisqa qilaman. Shu so’zimga qanoat qil. Qasam ichamanki, bu haqiqat g’oyat qat`iydir, hatto nafs va shaytonim ham bunga qarshi taslim bo’lganlar.. Nafsimning o’jarligini sindirgan va shaytonimni o’chirgan bir haqiqat senga qanoat berishi kerak.