mektubot | BIRINCHI MAKTUB | 1
(1-9)

MAKTUBOT

 

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

وَ بِهِ نَسْتَعِينُ

BIRINCHI  MAKTUB

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ  بِحَمْدِهِ

To’rt savolning muxtasar javobidir.

 

BIRINCHI SAVOL: Hazrati Hizr (A.S.) hayotdami? Hayotda bo’lsa nima uchun ba`zi muhim ulamolar hayotda ekanligini qabul qilmaydilar?

Aljavob: Hayotda, biroq hayot martabalari beshtadir. U ikkinchi martabadadir. Shu sababdan ba`zi ulamolar hayotdaligiga shubha qilganlar.

Birinchi hayot tabaqasi: bizning hayotimizdirki, ko’p to’siqlar bilan cheklangandir.

Ikkinchi hayot tabaqasi: Hazrati Hizr va Ilyos Alayhissalomlarning hayotlaridirki, bir daraja erkindir. Ya`ni, bir vaqtda juda ko’p yerlarda bo’la oladilar. Bizning kabi insoniy ehtiyojlar bilan doimiy bog’langan emaslar. Ba`zan, istagan vaqtlarida biz kabi eydilar, ichadilar. Ammo biz kabi majbur emaslar. Tavotur (qat`iyat) darajasida ahli shuhud va ahli kashf bo’lmish avliyolarning Hazrati Hizr bilan bo’lgan muloqotlari bu hayot tabaqasini yoritib beradi va isbotlaydi. Hatto avliyo maqomlaridan bir maqom borki, «Maqomi Hizr» deb ataladi. U maqomga yetishgan bir valiy Hizrdan dars oladi va Hizr bilan ko’rishadi. Ammo, ba`zan u maqom sohibini yanglish o’laroq ayni Hizr deb qabul qilinadi.

Uchinchi hayot tabaqasi: Hazrati Idris va Iso Alayhissalomlarning hayot tabaqalaridirki, insoniy ehtiyojlardan xalos bo’lish bilan maloika hayoti kabi bir hayotga kirib, nuroniy bir latofat kasb etadi. Go’yo, misoliy badan kabi latif va yulduz kabi nuroniy bo’lgan dunyoviy jasadlari bilan samovotda bo’ladilar.

«Oxirzamonda Hazrati Iso Alayhissalom keladi, Shariati Muhammadiya (A.S.M.)ga ko’ra amal qiladi» mazmunidagi hadisning siri shudirki:

Oxirzamonda tabiatparastlik falsafasi keltirgan kufr jarayoniga va inkori Uluhiyatga (ya`ni, dahriylikka) qarshi, Isaviylik dini soflashib va xurofotdan xalos bo’lib Islomiyatga aylanadigan bir pallada, Isaviylik shaxsi ma`naviysi samoviy vahiy qilichi bilan ul mudhish dinsizlikning shaxsi ma`naviysini qanday o’ldirsa, shuningdek, Hazrati Iso Alayhissalom Isaviylik shaxsi ma`naviysining vakili o’laroq, dinsizlik shaxsi ma`naviysining vakili bo’lgan dajjolni o’ldiradi, ya`ni inkori Uluhiyat fikrini o’ldiradi.

Аудио мавжуд эмас