mektubot | Yigirmanchi Maktub | 1
(1-8)

 

Yigirmanchi Maktub

 

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ { وَاِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

لاۤ اِلٰهَ اِلاَّ اللهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ يُحْيِى وَيُمِيتُ وَهُوَ حَىٌّ لاَ يَمُوتُ بِيَدِهِ الْخَيْرُ وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ وَاِلَيْهِ الْمَصِيرُ

 

Bomdod va shom namozlaridan so’ng takrorlanishida juda ko’p fazilati bo’lgan va, bir sahih rivoyatga ko’ra, Ismi A`zam martabasiga ega bo’lgan bu tavhidiy jumlaning o’n bir kalimasi bor. Har bir kalimasida bittadan xushxabar va bashorat va bittadan martabai Tavhidi Rububiyyat va ham bir Ismi A`zam nuqtasida bir Kibriyoi Vahdad va bir Kamoli Vahdoniyyat bordir.

Bu buyuk va ulkan haqiqatlarning izohini boshqa "So’zlar"ga havola qilib, bir va`daga binoan, hozircha muxtasar bir xulosa suratida, "Ikki Maqom" va bir "Muqaddima" ila unga bir mundarija yasaymiz.

Muqaddima

Qat`iyan bilki, xilqatning eng yuksak g’oyasi va fitratning eng ulkan natijasi - "Imoni Billoh"dir. Va insoniyatning eng oliy martabasi va bashariyatning eng buyuk maqomi - imoni Billoh ichindagi "Ma`rifatulloh"dir. Jin va insning eng porloq; saodati va eng totli ne`mati - ul Ma`rifatulloh ichidagi "Muhabbatulloh"dir. Va bashar ruhi uchun eng xolis surur va inson qalbi uchun eng sof sevinch - ul Muhabbatulloh ichindagi "Ruhoniy Lazzatdir".

Аудио мавжуд эмас