mektubot | Yigirmanchi Maktub | 2
(1-8)

Ha, butun haqiqiy saodat va xolis surur va shirin ne`mat va sof lazzat, albatta, Ma`rifatulloh va Muhabbatullohdadir. Ular bu ikki narsasiz bo’lolmas. Janobi Haqni tanigan va sevgan kishi nihoyasiz saodatga, ne`matga, nurlarga, sirlarga yo quvvat ila va yoki fe`l ila noil bo’lgan bo’ladi. Uni haqiqiy tanimagan, sevmagan kishi esa, ma`nan va jisman nihoyasiz shaqovatga, alamlarga va vahimalarga mubtalo bo’ladi.

Ha, bu parishon dunyoda, ovorai sarson bashar nav`i ichida samarasiz bir hayotda, sohibsiz, homiysiz bir holatdagi ojiz, miskin bir inson agar butun dunyoning sultoni bo’lsa ham, necha pulga arzir? Xullas, bu ovorai sarson bashar nav`i ichida, bu parishon va foniy dunyoda inson agar sohibini tanimasa, molikini topmasa, naqadar bechora sargardon ekanini har kim anglaydi. Agar sohibini topsa, molikini tanisa, u vaqt rahmatiga iltijo qiladi, qudratiga iste`nod etadi va bu vahshatgoh dunyo bir tanazzuhgohga aylanadi, bir tijoratgoh bo’ladi.

 

Birinchi maqom

Bu tavhidiy kalomning o’n bir kalimasidan har birida bittadan xushxabar bor. Va ul xushxabarda bittadan shifo va ul shifoda bittadan ma`naviy lazzat topiladi.

Birinchi kalima bo’lmish      لاَۤ اِلٰهَ اِلاَّ اللهُ   Da Shunday bir xushxabar bor: hadsiz hojatga mubtalo, nihoyasiz dushmanlarning hujumiga nishon bo’lgan inson ruhi bu kalimada Shunday bir madad nuqtasi topadiki, butun hojatini ta`minlaydigan bir Rahmat Xazinasining eshigi unga ochiladi. Va Shunday bir tayanch nuqtasini topadiki, butun dushmanlarning yomonligidan bexavotir qiladigan bir mutlaq qudrat egasi bo’lgan o’z Ma`budini va Xoliqini bildiradi va tanittiradi, sohibini ko’rsatadi. Moliki kim ekanini namoyon etadi. Va Shu namoyon etish bilan qalbni mutlaq vahshatdan va ruhni alamli hazinlikdan qutqarib, abadiy bir farah, doimiy bir surur bilan ta`minlaydi.

Аудио мавжуд эмас