mektubot | Yigirmanchi Maktub | 5
(1-8)

Oltinchi kalima:  يُحْيِى

Ya`ni, hayotni bergan Udir va hayotni rizq ila davom ettirgan ham Udir. Hayot lavozimotini tayyorlagan ham Udir. Va hayotning oliy g’oyalari Unga oiddir. Va muhim natijalari Unga qaraydi. Yuzdan to’qson to’qqiz mevasi unikidir. Xullas, bu kalima foniy va ojiz basharga Shunday nido qiladi, xushxabar beradi va deydiki:

"Ey inson! Hayotning og’ir takliflarini yelkangga olib zaxmat chekma, hayotning foniyligani o’ylab xazin bo’lma. Yolg’iz dunyoviy va ahamiyatsiz mevalarini ko’rib, dunyoga kelganingdan pushaymonlik ko’rsatma. Chunki u vujud kemasidagi hayot uskunasi Hayyi Qoyyumga oiddir. Masraflari va lavozimotlarini u tadoruk etadi. Va bu hayotning juda ko’plab g’oyalari va natijalari borki, Unga oiddir. Sen u kemada rul boshqaruvchi bir askarsan. Vazifangni go’zal bajar, haqiny ol, kayfingga boq. Ul hayot kemasi naqadar kiymatdor ekanini va naqadar go’zal foydalar berganini, u kemaning sohibi bo’lgan Zotning naqadar Kariym va Rohiym ekanini o’yla, masrur bo’l va Shukr qil. Va anglaki, vazifangni haqqoniyat ila bajarsang, u kema bergan butun natijalar bir jihatdan sening daftari a`molingga yoziladi. Seni bir boqiy hayot bilan ta`minlaydi, seni abadiy tiriltiradi".

Ettinchi kalima:  وَيُمِيتُ

 Ya`ni, o’limni bergan Udir. Ya`ni, seni hayot vazifasidan ozod etadi, foniy dunyodan joyingni almashtiradi. Xizmat kulfatidan bo’shatadi, ya`ni, foniy hayotdan seni bohiy hayotga oladi. Xullas, bu kalima Shunday foniy jin va insga baland ovoz bilan deydiki:

"Sizlarga xushxabar: o’lim yo’q qilish emas, yo’qlik emas, fano emas, inqiroz emas, so’nish emas, abadiy firoq emas, adam emas, tasodif emas, bajaruvchisiz bir in`idom emas, balki bir Bajaruvchi Hakiymi Rohiym tarafidan berilgan bir ozodlikdir, bir makonni o’zgartirishdir. Saodati abadiyya tarafiga, asl vatanlariga bir chorlovdir. Yuzdan to’qson to’qqiz yor birodarini jamlagan oraliq olam uchun bir visol eshigidir".

Аудио мавжуд эмас