mektubot | O’N OLTINCHI MAKTUB | 1
(1-16)

 

O’N OLTINCHI MAKTUB

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

 اَلَّذِينَ قَالَ لَهُمُ النَّاسُ اِنَّ النَّاسَ قَدْ جَمَعُوا لَكُمْ فَاخْشَوْهُمْ فَزَادَهُمْ اِيمَانًا وَ قَالُوا حَسْبُنَا اللّهُ وَنِعْمَ الْوَكِيلُ

Shu maktub فَقُولاَ لَهُ قَوْلاً لَيِّنًا  oyatining siriga sazovor bo’lgan, shiddatli yozilmagan.

Ko’plar tarafidan so’ralgan va ma`nan kelgan bir savolga javobdir.

(Shu javobni bermoq men uchun nohush, buni orzu qilmayman. Har narsamni Janobi Haqning tavakkuliga bog’lagandim. Biroq, meni o’z holimda va olamimda tinch qo’ymaganlari va yuzimni dunyoga burganlari uchun, Yangi Said emas, majburan Eski Said tili bilan; shaxsim uchun emas, balki do’stlarimni va «So’zlar»imni ahli dunyoning vahima va aziyatlaridan qutqarmoq uchun; haqiqiy holatni ham do’stlarimga, ham ahli dunyoga va ahli hukmga bayon etmoq uchun «Besh Nuqta»ni bayon qilyapman.)

BIRINCHI NUQTA. Deydilarki: «Nima uchun siyosatdan uzoqlashding? Hech yaqinlashmayapsan?»

Aljavob: To’qqiz-o’n yil avvalgi Eski Said bir daraja siyosatga kirdi. Balki siyosat vositasi bilan dinga va ilmga xizmat qilaman deya behuda charchadi; va ko’rdiki, u yo’d shubhali va mushkul va menga nisbatan fuzuliyona (behuda), ham eng kerakli (zarur) xizmatga monelik qiluvchi va xatarli bir yo’ldir. Ko’pi yolg’onchilik va o’zi bilmay ajnabiylar qo’lida qurol bo’lib qolish ehtimoli bor. Ham siyosatga kirgan yo muvofiq bo’ladi, yo muxolif bo’ladi. Agar muvofiq bo’lsa, modomiki ma`mur va mab`us (deputat, noib) emasman, u holda siyosatchilik men uchun fuzuliy (ortiqcha) va moloyoniy (ma`nosiz) bir narsadir. Menga ehtiyoj yo’qki, behuda qorishsam. Agar muxolif siyosatga kirsam, yo fikr-la va yo quvvat-la qorishmog’im kerak bo’ladi. Agar fikr bilan bo’lsa menga ehtiyoj yo’q. Chunki masalalar ayon; har kim men bilgancha biladi. Behuda jag’ urmoq ma`nosizdir.

Аудио мавжуд эмас