mektubot | O’N OLTINCHI MAKTUB | 2
(1-16)

Agar quvvat bilan, biror hodisa chiqarish bilan muxoliflik qilsam, bu yo’l bilan amalga oshishi gumon bo’lgan bir maqsad uchun minglab gunohga kirish ehtimoli bor. Bir kishini deb ko’pchilik baloga yo’liqadi. Ham o’n ehtimoldan bir-ikki ehtimolga binoan gunohlarga kirishni, ma`sumlarni gunohga tiqishni vijdonim qabul qilmaydi, deya Eski Said sigara bilan birga gazetalarni va siyosatni va dunyoviy-siyosiy suhbatlarni tark qildi. Bunga qat`iy shohid – o’sha vaqtdan beri sakkiz yil bo’libdi, na bir gazeta o’qidim, na tingladim. O’qiganimni va tinglaganimni bilganlar bo’lsa chiqsin, so’ylasin. Holbuki, sakkiz yil avval Eski Said kunda hatto sakkiz gazeta o’qirdi. Ham besh yildirki, butun diqqat ila mening holim nazorat qilinmoqda. Siyosatvoriy bir alomat ko’rganlar bo’lsa so’ylasin. Holbuki, men kabi asabiy va اِنَّمَا الْحِيلَةُ فِى تَرْكِ الْحِيَلِ dasturi ila eng buyuk hiylani hiylasizlikda topgan, parvosiz, aloqasiz bir insonning fikri sakkiz yil emas, sakkiz kun ham yashirin qolmaydi. Siyosatga ishtahasi va orzusi bo’lsa edi, tekshiruvlarga, tintuvlarga ehtiyoj qoldirmay, zambarakni o’qidek sado bergan bo’lardi.

IKKINCHI NUQTA. Yangi Said nima uchun bu qadar shiddat-la o’zini siyosatdan tortayotir?

Aljavob: Milliardlab yillardan ziyoda bo’lgan hayoti abadiya uchun harakat qilishni va uni qozonishni hayoti dunyoviyaning gumonli bir-ikki yiliga bexuda va ma`nosiz urinish ila fido etmaslik uchun; ham eng muhim, eng kerakli, eng sof va eng haqiqatli bo’lgan iymon va Qur`on xizmati uchun shiddat-la siyosatdan qochmoqda. Chunki deydiki: «Men keksaymoqdaman. Bundan buyon qancha yil yashashimni bilmayman. Shunday ekan, men uchun eng muhim ish, abadiy hayot uchun harakat qilmoqdir. Abadiy hayotni qozonishning eng birinchi vositasi va abadiy saodatning kaliti iymondir. Ana shuni qo’lga kiritmoq lozimdir. Biroq ilm (e`tibori ila)?(jihatidan) insonlarga ham bir manfaat yetkazish uchun shar`an xizmatga buyurilganimdan, xizmat qilishni istayman. Lokin u xizmat yo ijtimoiy va dunyoviy hayotga oid bo’ladi... bu esa qo’limdan kelmaydi. Ham alg’ov-dalg’ov bir zamonda sog’lom xizmat qilib bo’lmas. Shuning uchun u jihatni tashlab, eng muhim, eng kerakli, eng salomatli bo’lgan iymonga xizmat jihatini tanladim. O’z nafsimga qozonganim iymon haqiqatlarini va nafsimda tajriba qilib ko’rgan ma`naviy davolarni boshqa insonlar ham qo’lga kiritishi uchun u eshikni ochiq qoldiryapman. Balki Janobi Haq bu xizmatni qabul qilar va eski gunohlarimga kafforat qilar. Bu xizmatga shaytoni rajiymdan boshqa hech kimsaning – mo’min bo’lsin, kofir bo’lsin, siddiq bo’lsin, zindiq bo’lsin – qarshi chiqishga haqqi yo’q. Chunki iymonsizlik boshqa narsalarga o’xshamaydi. Zulmda, fisqda, kaboirda (katta gunohlarda) biror manhus (jirkanch) shaytoniy lazzat bo’lishi mumkin. Biroq, iymonsizlikda hech bir lazzat jihati yo’q; alam ichra alamdir, zulmat ichra zulmatdir, azob ichra azobdir.

Аудио мавжуд эмас