mektubot | OLTINCHI MAKTUB | 1
(1-2)

 

OLTINCHI MAKTUB

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

سَلاَمُ اللّهِ وَ رَحْمَتُهُ وَ بَرَكَاتُهُ عَلَيْكُمَا وَ عَلَى اِخْوَانِكُمَا مَادَامَ الْمَلَوَانِ وَ تَعَاقَبَ الْعَصْرَانِ وَ مَادَارَ الْقَمَرَانِ وَ اسْتَقْبَلَ الْفَرْقَدَانِ

g’ayratli qardoshlarim, hamiyatli yelkadoshlarim va dunyo deyilgan diyori g’urbatda madori tasallilarim!

Modomiki Janobi Haq fikrimga ehson etgan ma`nolardan sizlarni ham xissador qilgan ekan, albatta hissiy kechinmalarimdan ham xissador bo’lmoq haqqingizdir. Sizlarni ko’p achintirmaslik uchun g’urbatli damlarimdagi firoqlarning o’ta alamli qismini qoldirib, bir qismini sizlarga hikoya qilaman. Bunday bo’lgandi:

Shu ikki-uch oydan beri ko’pincha yolg’iz qoldim. Ba`zan o’n besh-yigirma kunda bir marta yonimda mehmon bo’ladi. Qolgan vaqtlar yolg’izman. Ham yigirma kun bo’libdiki, tog’ sayyohlari yaqin atrofimda yo’q, tarqab ketgandilar.

Mana shu kechada, shu g’aribona tog’larda, sas-sadosiz, yolg’iz, daraxtlarning hazinona shivirlashlari ichra o’zimni bir-biri ichidagi besh xil g’urbatlarda ko’rdim.

Birinchisi: Keksalik taqazosiga ko’ra, yaqinlarim va yor-do’st va qarindoshlarimning deyarli aksariyatidan ayrilib yolg’iz va g’arib qoldim. Ular meni tashlab barzox olamiga ketganlaridan paydo bo’lgan hazin bir g’urbatni o’zimda his qildim. Mana shu g’urbat ichida boshqa bir g’urbat doirasi ochildi. Undan esa o’tgan bahor kabi, men bog’lanib qolgan aksar mavjudot meni tashlab ketganidan hosil bo’lgan firoqli bir g’urbatni his qildim. Va shu g’urbat ichida yana bir g’urbat doirasi ochildiki, vatanimdan va aqrabolarimdan ajrab yolg’iz qolganimdan paydo bo’lgan firoqli bir g’urbatni his etdim. Va bu g’urbat ichra kechaning va tog’larning g’aribona vaziyati menga yana bir achinarli g’urbatni his ettirdi. Va bu g’urbatdan esa, shu foniy mehmonxonadan abadul-obod tarafiga siljishga hozzir turgan ruhimni favqulodda bir g’urbatda ko’rdim. Birdan «Fasubhannalloh» dedim. «Bu g’urbatlarga va zulmatlarga qanday chidash mumkin», deya o’yladim. Qalbim faryod bilan dedi:

Аудио мавжуд эмас