mektubot | O’N BESHINCHI MAKTUB | 1
(1-9)

O’N BESHINCHI MAKTUB

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

Aziz qardoshim!

Sening birinchi savoling: «Nega sahobalar valiylik nazari bilan fasodchilarning shaxsini aniqlay olmadilar? To, bu holat Xulafoi Roshidiyndan uchtasining shahid bo’lishi bilan natijalandi. Holbuki, kichik sahobalarni buyuk valiylardan ham buyuk deyiladi.

Aljavob: Bunda ikki maqom bor.

Birinchi Maqom:

Valiylikning nozik bir sirini bayon qilish bilan savol hal bo’ladi. Ya`ni:

Sahobalarning valiyligi – valoyati kubro deyilgan, payg’ambar vorislari maqomida bo’lgan, barzox yo’liga kirmay to’g’ridan to’g’ri zohirdan haqiqatga o’tib, aqrabiyati Ilohiyaning (Allohning yaqinligi) inkishof bo’lishiga yo’nalgan bir valiylikdirki, ul valiylik yo’li g’oyat qisqa bo’lishi bilan birga g’oyat yuksakdir. G’aroyibotlari oz, ammo fazilati ko’pdir. Kashf va karomat unda oz ko’rinadi. Ham avliyolarning karomatlari esa, aksariyati ixtiyoriy emas. Kutilmagan joydan, Ikromi Ilohiy o’laroq, bir g’aroyib ish undan sodir bo’ladi. Bu kashfu karomatlarning aksariyati ham, sayru-suluk vaqtida, tariqat barzoxidan o’tgan vaqtlarida, oddiy insoniy holatdan bir daraja uzoqlashganlari tufayli, g’ayriodatiy holatlarga sazovor bo’ladilar. Sahobalar esa, Nabiy bilan qilgan suhbatning akslari ila, jozibalari ila, ta`sirlari ila yuksalib, tariqatdagi kabi sayru-suluk ila azim doirani bosib o’tishga majbur emaslar; bir qadamda va bir suhbatda zohirdan haqiqatga o’ta oladilar.

Masalan, kechagi Qadr kechasiga yetishmoq uchun ikki yo’l bor.

Biri: Bir yil kezib, aylanib, to kechagi kunga kelmoqdir. Bu yaqinlikni qozonmoq uchun bir yillik masofani bosib o’tmoq lozim bo’ladi. Bu yo’l ahli sulukning maslagidirki, tariqat ahllarining ko’pchiligi shu yo’ldan boradi.

Ikkinchisi: Vaqt to’sig’idan o’tolmaydigan moddiy jism g’ilofidan sug’urilib chiqib, ajralgach ruhan yuksalib, kecha o’tgan Laylatul Qadrni ertadan keyingi hayit kechasi bilan birga bugun kabi hozir ko’rmoqdir. Chunki ruh uchun vaqt to’sig’i yo’qdir. Insoniy hissiyotlar ruh darajasiga chiqqan vaqti, shu hozirgi zamon kengayadi. Boshqalarga o’tmish va kelajak bo’lgan vaqtlar u odamga nisbatan hozir hukmidadir.

Mana shu misolga ko’ra, kechagi Laylatul Qadrga o’tmoq uchun ruh martabasiga chiqib, o’tmishni hozir darajasida ko’rmoqdir.

Аудио мавжуд эмас