mektubot | O’N BESHINCHI MAKTUB | 4
(1-9)

Bizda g’oyat mashhur va so’zi hujjat bir muhaqqiq zot kurdcha deganki: 


Ya`ni, sahobalarning o’zaro jangidan gap-so’z ko’paytirma. Chunki ham qotil va ham maqtul, ikkisi ham ahli jannatdir.

Adolati mahza ila adolati izofiyaning izohi shudirki:

مَنْ قَتَلَ نَفْسًا بِغَيْرِ نَفْسٍ اَوْ فَسَادٍ فِى اْلاَرْضِ فَكَاَنَّمَا قَتَلَ النَّاسَ جَمِيعًا oyatining ishoriy ma`nosiga ko’ra, bir ma`sumning haqqini, hatto butun xalq uchun bo’lsa ham poymol etilmas. Ommaning salomati uchun bitta shaxs ham fido qilinmas. Janobi Haqning nazari marhamatida haq haqdir, katta yo kichikligiga qaralmas. Kichigi kattasi uchun polmol qilinmas. Bir jamoatning salomati uchun, bir shaxsni oz roziligi bolmay turib hayoti va haqqi fido qilinmas. Fidokorlik jihatidan oz roziligi bilan bolsa, u boshqa masaladir.

«Adolati izofiya» esa, umumning salomati uchun bir a`zosini fido qiladi. Jamoat uchun shaxsning haqqini nazarga olmaydi. «Ahvanush-shar» deya, bir navi adolati izofiyani tatbiq qilishga urinadi. Biroq adolati mahzaning tatbiqi mumkin bolgan vaqtda adolati izofiyaga kirilmaydi. Kirilsa, zulmdir.

Demak, Imomi Ali (r.a.) adolati mahzani «shayhayn davridagi kabi tatbiqi mumkindir», deya Islom xalifaligini osha asos ustiga bino qilardi. Qarshilari va raqiblari esa «tatbiqi mumkin emas, kop mushkulliklari bor», deya adolati izofiya uzra ijtihod qilganlar. Tarixlarda korsatilgan boshqa sabablar esa haqiqiy sabab emas, bahonalardir.

Agar desang: «Islom xalifaligi nuqtasida Imomi Alining favqulodda  iqtidori, xoriquloda zakovati va yuksak layoqati bilan birga ozidan avvalgilarga nisbatan muvaffaqiyatsizligining sababi nimada?

Aljavob: Ul muborak zot siyosat va saltanatdan ziyoda yanada muhim boshqa vazifalarga loyiq edi. Agar tom siyosiy muvaffaqiyatga va mukammal saltanatga erishganda edi, «Shohi Valoyat» (Avliyolar shohi) ma`nodor unvonini haqiqiy ma`noda qozonolmasdi. Holbuki, zohiriy va siyosiy xalifalikdan juda ham yuksak bolgan ma`naviy bir saltanat qozondi va Ustodi Kull (barchaning ustozi) hukmiga otdi. Hatto qiyomatga qadar ma`naviy saltanati boqiy qoldi.

Аудио мавжуд эмас