Ammo Hazrati Alining Siffin voqeasidagi Hazrati Muoviya tarafdorlari bilan jangi esa, xalifalik va saltanat jangidir. Ya`ni, Hazrati Imomi Ali din ahkomlarini va Islom haqiqatlarini va oxiratni asos tutib, saltanatning bir qism qonunlarini va siyosatning marhamatsiz oqibatlarini ularga fido qilardi. Hazrati Muoviya va tarafdorlari esa, Islom ijtimoiy hayotini saltanat siyosatlari bilan quvvatlamoq uchun azimatni tashlab, ruxsatni lozim topdilar. Siyosat olamida o’zlarini majbur deb hisoblab, ruxsatni tanladilar, xatoga yo’liqdilar.
Ammo Hazrati Hasan va Husaynning Umaviylar bilan jangi esa din va millatchilik jangi edi. Ya`ni, Umaviylar Islom davlatini arab millatchiligi ustiga bino qilib, Islomiy robitalarni millatchilik robitalaridan keyingi o’ringa qo’yganlaridan, ikki jihat-la zarar berdilar.
Biri: Qolgan millatlarni ranjida qilib, uzoqlashtirdilar.
Boshqasi: Irqchilik va millatchilik asoslari adolatni va haqni ko’zlamaganidan zulm qiladi; adolat uzra yurolmaydi. Chunki unsuriyatparvar bir hokim millatdoshini ustun qo’yadi, adolat qilolmaydi.
qat`iy farmoniga ko’ra, diniy robitalar o’rniga milliy robitalar barpo etilmaydi, etilsa ham adolat qilib bo’lmaydi; haqiqat ketadi.
Xullas, Hazrati Husayn diniy robitalarni asos tutib, haqli o’laroq, ularga qarshi jang qilgan, to shahidlik maqomiga erishgan.
Agar deyilsa: Shunchalar haqli va haqiqatli bo’lgani holda, nima uchun muvaffaq bo’lmadi? Ham nima uchun Qadari Ilohiy va rahmati Ilohiya ularni fojiali bir oqibatga yo’liqishiga izn berdi?
Aljavob: Hazrati Husaynning yaqin tarafdorlari emas, faqat jamoatiga qo’shilgan boshqa millatlarda, yaralangan milliy g’ururlari uchun, arab millatidan intiqom olish fikrining borligi Hazrati Husayn va tarafdorlarining sof va porloq maslaklariga halal berib, mag’lubiyatlariga sabab bo’lgan.
Ammo Qadar nuqtai nazarida o’sha fojiali oqibatning hikmati, Hasan va Husayn va ularning xonadonlari va nasllari ma`naviy bir saltanatga nomzod edilar. Dunyo saltanati bilan ma`naviy saltanatning jam bo’lishi g’oyat mushkuldir. Shuning uchun ularni dunyodan bezdirdi, dunyoning chirkin yuzini ko’rsatdi. Toki, dunyoga nisbatan qalban aloqalari qolmasin. Ularning qo’llari vaqtinchalik va o’tkinchi saltanatdan uzildi, biroq porloq va doimiy bo’lgan ma`naviy saltanatga tayin etildilar. Oddiy voliy (hokim) o’rniga, avliyo aqtoblariga bosh bo’ldilar.