mektubot | O’NINCHI MAKTUB | 1
(1-3)

* * *

O’NINCHI MAKTUB

(Ikki savolning javobidir)

بِاسْمِهِ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

Birinchisi: Ottizinchi Sozning Ikkinchi Maqsadining zarralar ozgarishining ta`rifiga doir bolgan uzun jumlasining izohidir.

Qur`oni Hakiymda «Imomi Mubiyn» va «Kitobi Mubiyn» kop yerlarda zikr etilgandir. Ahli tafsir: «Ikkisi birdir» deganlar, bir qismi: «Boshqa-boshqadir» deganlar. Haqiqatlariga doir bayonotlar xilma-xildir. Xulosasini aytganda: «Ilmi Ilohiyning unvonlaridir,» deganlar.

Ammo, Qur`onning fayzi ila shunday qanoatga kelganmanki: «Imomi Mubiyn ilm va amri Ilohiyning bir naviga berilgan bir unvondirki, shahodat olamidan ziyoda g’ayb olamiga qaraydi. Ya`ni, hozirgi zamondan ziyoda o’tmish va kelajak zamonga nazar soladi. Ya`ni, har narsaning zohiriy vujudidan ziyoda asliga, nasliga va ildiziga va urug’iga boqadi; taqdiri Ilohiyning bir daftaridir. Bu daftarning mavjudligi Yigirma oltinchi So’zda hamda O’ninchi So’zning izohida isbot etilgan.

Ha, shu Imomi Mubiyn bir navi Ilohiy ilm va amrning bir unvonidir. Ya`ni, narsalarning ilk bosqichlari va ildizlari va asllari kamoli intizom ila o’sha narsalarning vujudlarini natija qilib berish jihati bilan, albatta Ilohiy ilm dasturlaridan iborat bir daftar bilan nizomga solinganini ko’rsatadilar. Va narsalarning natijalari, nasllari, urug’lari kelajakda keladigan mavjudotlarning programmalarini, mundarijalarini o’zida jamlagani tufayli, albatta Ilohiy amrlarning kichik bir majmuasi ekanini bildiradilar. Masalan, bir danakni, butun daraxtning tashkil topishini nizomga soluvchi programmalari va mundarijalari hamda ul mundarija va programmalarni tayin qilgan ul takviniy amrlarning kichik bir mujassam shakli hukmida deyish mumkin.

Аудио мавжуд эмас