mektubot | O’NINCHI MAKTUB | 2
(1-3)

Alhosil: Modomiki «Imomi Mubiyn» moziy va istiqbolning va g’ayb olamining atrofida shox-butoq solgan yaratilish daraxtining bir programmasi, bir mundarijasi hukmidadir. Shu ma`nodagi «Imomi Mubiyn» taqdiri Ilohiyning bir daftari, dasturlarining bir majmuasidir. Ul dasturlarning imlosi ila va hukmi ila zarralar narsalarning vujudida bajarayotgan xizmatlariga va harakatlariga yo’naltiriladi.

Ammo «Kitobi Mubiyn» esa, olami g’aybdan ziyoda olami shahodatga boqadi. Ya`ni, moziy va kelajakdan ziyoda hozirgi zamonga nazar soladi. Va ilm va amrdan ziyoda, qudrat va irodai Ilohiyaning bir unvoni, bir kitobidir. «Imomi Mubiyn» taqdir daftari bo’lsa, «Kitobi Mubiyn» qudrat daftaridir. Ya`ni, har narsaning vujudida, mohiyatida va sifat va faoliyatlarida kamoli san`at va intizomlari ko’rsatadiki, komil bir Qudratning dasturlari ila va nufuzli bir Irodaning qonunlari ila vujud kiydirilmoqda. Suratlari tayin, tashxis etilib, bittadan muayyan miqdor, bittadan maxsus shakl berilmoqda. Demak, o’sha qudrat va irodaning kulliy va umumiy bir qonunlar majmuasi, ulkan bir daftari bordirki, har bir narsaning xususiy vujudlari va maxsus suratlari unga ko’ra bichiladi, tikiladi, kiydiriladi. Mana shu daftarning mavjudligi, «Imomi Mubiyn» kabi, «Taqdir va juzi ixtiyor» masalalarida isbot etilgan.

Ahli g’aflat va ahli zalolat va ahli falsafaning axmoqligini ko’rki, qudrati Fotiraning ul Lavhi Mahfuzini va hikmat va irodai Rabboniyaning ul basirona kitobining har narsadagi jilvasini, aksini, misolini his etganlar, ammo, Alloh saqlasin, «tabiat» nomini berganlar, ko’rga chiqarganlar.

Shu «Imomi Mubiyn»ning imlosi ila, ya`ni Qadarning hukmi ila va dasturi ila, qudrati Ilohiya narsalarni yaratayotganda, har biri bittadan oyat bo’lgan mavjudotlar silsilasini «lavhi mahv va isbot» deyilgan zamonning misoliy sahifasida yozadi, ijod qiladi, zarralarni harakatga keltiradi.

Demak, zarralarning harakatlari – o’sha yozuvlardan, o’sha nusha ko’chirishdan kelib chiqqan (mavjudotning g’ayb olamidan shahodat olamiga va ilmdan qudratga o’tishidagi tebranishdir, harakatdir.

Ammo «Lavhi mahv va isbot esa», sobit va doimiy bo’lgan Lavhi Mahfuzi A`zamning mumkinot doirasidagi, ya`ni doimo o’lim va hayotga, vujudga kelish va fanoga ketishga moyil bo’lgan narsalardagi o’zgarib turuvchi bir daftari va yozib-o’chirib turadigan bir taxtasidirki, zamon degan tushunchaning asl haqiqati shudir. Ha, har narsaning bir haqiqati bo’lgani kabi, biz «zamon» deb atagan, koinotda koinotda jarayon etayotgan azim bir daryoning haqiqati ham «Lavhi mahv va isbot»dagi qudrat kitobining sahifasi va siyohi hukmidadir.      لاَ يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلاَّ اللّهُ

  

Аудио мавжуд эмас