mektubot | OLTINCHI MAKTUB | 2
(1-2)

Yo Rabb! g’aribam, bekasam, zaifam, notavonam, aliylam, ojizam, ixtiyoram, beixtiyoram, al-omon go’yam, avf jo’yam, madad xoham zidargohi Ilohiy!

Birdan nuri iymon, fayzi Qur`on, lutfi Rahmon madadga keldilar. O’sha beshta zulmatli g’urbatlarni beshta nuroniy do’stlar doirasiga aylantirdilar.

Tilim: حَسْبُنَا اللّهُ وَنِعْمَ الْوَكِيل  deya so’yladi.

Qalbim:
 
فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّهُ لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ عَلَيْهِ تَوَكّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ  oyatini o’qidi. Aqlim ham iztirobdan va dahshatdan faryod etgan nafsimga xitoban dedi:

Tashla bechora faryodni, balodan qil tavakkul. Zero faryod balo andar, xato andar, balodir bil.

Balo berganni topsang gar, shifo andar, vafo andar, ato andar balodir bil.

Modom bunday ekan, tashla shikvani shukr qil, chun bulbullar shodlig’idin kular gul-mul.

Gar topmasang, butun dunyo jafo andar, fano andar, habo andar balodir bil.

Jahon to’la balo boshingda bor ekan, ne baqirursan kichik bir balodan, kel tavakkul qil.

Tavakkul ila balo yuziga kul, to u ham kulsin, U kulgan sari kichrayar, etar tabaddul.

Ham ustozlarimizdan Mavlono Jaloliddin o’z nafsiga degani kabi dedim:

اُو ُفْتِ اَلَسْتُ وتُو ُفْتِى بَلَى شُكْرِى بَلَى  ِيسْت كَثِيدَنْ بَلاَ     

     سِرِّ بَلاَ  ِيسْتْ كِه يَعْنِى مَنَمْ حَلْقَه زَنِ دَرْ َهِ فَقْرُ و فَنَا

Shunda nafsim ham: «Ha, ha... ajz va tavakkul ila, faqr va iltijo ila nur eshigi ochiladi, zulmatlar tarqaydi. Alhamdulillohi ala nuril iymon val Islom», dedi. Mashhur Hikami Atoiyaning quyidagi:
 
مَاذَا وَجَدَ مَنْ فَقَدَهُ { وَ مَاذَا فَقَدَ مَنْ وَجَدهُ Ya`ni: «Janobi Haqni topgan nimani yo’qotadi? Va Uni yo’qotgan nimani qozonadi? Ya`ni: Uni topgan har narsani topadi, Uni topmagan hech narsa topmaydi. Topsa ham boshiga balo topadi», jumlasi qay daraja oliy bir haqiqat ekanini ko’rdim va طُوبَى لِلْغُرَبَاء hadisining sirrini angladim, shukr qildim.

Mana qardoshlarim, zulmatli bu g’urbatlar, garchi nuri iymon bilan yorishsalar-da, biroq yana menda bir daraja hukmlarini ijro etdilar va shunday bir tushunchani berdilar: «Modomiki g’aribman va g’urbatdaman va g’urbatga ketar ekanman, ajabo shu mehmonxonadagi vazifam bitdimikin? Toki sizlarni va So’zlarni o’rnimga vakil qilsam va butunlay aloqamni uzsam,» degan fikr xotirimga keldi. Shuning uchun sizdan so’ragandimki, «Ajabo, yozilgan so’zlar kifoyami, yoki nuqsoni bormi? Ya`ni, vazifam bitdimikin? Toki rohati qalb ila o’zimni nurli, haqiqiy bir g’urbatga otib, dunyoni unutib, Mavlono Jaloliddin deganidek

 دَانِى سَمَاعِ  ِه بُوَدْ نِى خُودْ شُدَنْ زِهَسْتِى

اَنْدَرْ فَنَاىِ مُطْلَقْ ذَوْقِ بَقَا  َشِيدَنْ

deb, oliy bir g’urbatni izlasammikin?» deya sizni shu savollar bilan bezovta qilgandim.             

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Said Nursiy

Аудио мавжуд эмас