mektubot | Yigirmanchi Maktub | 3
(1-8)

Ikkinchi kalima    وَحْدَهُ

Bu kalimada shifoli, saodatli bir xushxabar bordir.

Ya`ni, koinotning juda ko’p a`zolari bilan aloqador va ul aloqadorlik tufayli parishon va qarorsizlik ichida bo’g’ilish darajasiga kelgan inson ruhi va qalbi  وَحْدَهُ  kalimasida o’ziga bir panoh, bir xaloskor topadiki, u uni butun qarorsizlikdan va parishoniyatdan qutqaradi.

Ya`ni,  وَحْدَهُ  kalimasi ma`nan bunday deydi: "Alloh birdir". Boshqa narsalarga murojaat etib, o’zingni charchatma; ularga o’zingni haqorat ettirib, minnat chekma; ularga tavoze` ko’rsatib, bo’yin egma; ularning orqasidan yiqilib, zahmat chekma: ulardan qo’rqib titrama! Chunki Koinot Sultoni birdir. Har narsaning kaliti uning huzurida, har narsaning tizgini Uning qo’lidadir, har narsa Uning amri ila hal qilinadi. Uni topsang, har matlubingni topding, hadsiz minnatlardan, qo’rquvlardan xalos bo’lding.

 Uchinchi kalima     لاٰشَرِيكَ لَهُ

 Ya`ni Uluhiyyatda va Saltanatida sherigi yo’qdir. "Alloh bir bo’ladi, birdan ortiq bo’lolmas..." Xuddi Shuningdek, Rububiyyatida va ijrooti va ijodotida ham sherigi yo’qdir. Ba`zan uchraydiki, sulton bir bo’ladi, saltanatida sherigi bo’lmaydi, lekin ijrootidagi ma`murlari uning sherigi hisoblanadilar. Va sultonning huzuriga har kimning kirishiga mone` bo’ladilar. "Bizga ham murojaat qil", deydilar. Lekin Azal-Abad sultoni bo’lgan Janobi Haqning saltanatida sherigi bo’lmaganidek, Rububiyyatining ijrootida ham u o’rinbosarlarga, sheriklarga muhtoj emasdir. Uning amr va irodasi, kuch va qudratidan tashqarida hech narsa hech narsaga mudoxala qilolmaydi. Har kim to’g’ridan-to’g’ri Unga murojaat eta oladi. Sherigi va o’rinbosari bo’lmagani uchun murojaatchi odamga hech kim: "Mumkin emas, Uning huzuriga kirmagin", deya olmaydi.

Xullas, bu kalima bashar ruhiga Shunday bir xushxabar beradi:

Imonni qo’lga kiritgan bashar ruhi mone`liksiz, daxlsiz, to’siqsiz, qarshiliksiz, istagan holida, istagan umidda, har onda, har yerda ul Azal va Abad, Rahmat Xazinalarining Moliki va Saodat Dafinalarining Sohibi bo’lgan Jamiyli Zuljalol, Qodiyri Zulkamolning huzuriga kirib, hojatini arz qila oladi va rahmatini topib, qudratiga taslim bo’lish bilan farah va surur kamolini qozona oladi.

Аудио мавжуд эмас