mektubot | Yigirmanchi Maktub | 4
(1-8)

To’rtinchi kalima:   لَهُ الْمُلْكُ

Ya`ni: mulk umuman Unikidir. Sen ham Uning mulkisan, ham mamlukisan, ham Uning mulkida ishlaysan. Bu kalima Shunday shifoli bir xushxabar bermoqda va demoqdaki:

"Ey inson! Sen o’zingni o’zingga molik hisoblama. Chunki sen o’zingni idora qilolmaysan. U yuk ogirdir, o’z boshing bilan muhofaza qilolmaysan. Balolardan saqlanib, lavozimotingni o’rniga keltirolmaysan. Shunday bo’lgach, behuda iztirobga tushib, azob chekma. Mulk boshqanikidir. U Molik ham Qodiyrdir, ham Rohiymdir. Qudratiga bo’yin sun, Rahmatini tuhmat etma. G’am-g’ussani ot kayfini sur; zaxmatni ot, safoni top".

Yana deydiki, ma`nan sevganing va aloqadar bo’lganing va parishoniyatidan ta`sirlanganing va sen isloh qilolmaydiganing bu koinot bir Qodiyri Rohiymning mulkidir. Mulkni sohibiga taslim qil, Unga havola et; jafosini emas, safosini chek. U ham Hakiymdir, ham Rohiymdir. Mulkini istagan shaklida sarflaydi, aylantiradi. Dahshatga tushgan vaqting Ibrohim Haqqi kabi: "Mavlo ko’raylik naylar, naylarsa go’zal aylar", degin, derazalardan tomosha qil, ichlariga kirma.

Beshinchi kalima  لَهُ الْحَمْدُ

 Ya`ni, hamd va sano, madh va minnat Unga maxsusdir. Unga loyiqdir. Demak, ne`matlar Unikidir. Va Uning xazinasidan chiqar. Xazina esa, doimiydir. Bu kalima Shunday xushxabar berib, demoqdaki:

"Ey inson! Ne`matning zavolidan alam chekma. Chunki rahmat xazinasi tugamaydi. Va lazzatning zavolini o’ylab, u alamdan faryod etma. Chunki ul ne`matning mevasi cheki yo’q bir rahmatning samarasidir; daraxti boqiy bo’lsa, mevasi ketsa ham, o’rniga keladigani bor. Ne`matning lazzati ichra ul lazzatdan yuz daraja yanada ziyoda lazzatli bir rahmat iltifotini hamd ila tafakkur etib, lazzatni bir darajadan yuz darajaga chiqara olursan. Masalan, bir shonli podshoh tarafidan senga hadya qilingan bir olma lazzati ichida yuz, balki ming olmaning lazzati ustiga yana senga shohona iltifot lazzatini ham his ettiradi va ehson etadi. Shuningdek,  لَهُ الْحَمْدُ kalimasi ila, ya`ni, hamd va Shukr ila, ya`ni ne`matdan kelgan in`omni his qilmoq ila, ya`ni, Mun`imni tanimoq va rahmatining iltifoti, shafqatining tavajjuhini va in`omining davomini fikr qilmoq ila senga ne`matdan ming daraja yanada laziz ma`naviy bir lazzat eshigini ochadi".

Аудио мавжуд эмас