O’ninchi kalima: وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
U Vohiddir, Ahaddir. Har narsaga qodirdir. Hech bir narsa Unga og’ir kelmas. Bir bahorni yaratish Unga bir chechakni yaratishdek osondir. Jannatni yaratish Unga bir bahorni yaratishdek rohatdir. Har kunda, har yilda, har asrda ijod etayotgan yangidan-yangi nihoyasiz masnuotlari cheksiz qudratiga son-sanoqsiz tillari ila shohidlik bildiradilar. Xullas, bu kalima ham Shunday xushxabar qiladi, deydiki:
"Ey inson! Qilgan xizmating, ado etgan ubudiyyating bekorga ketmas. Bir mukofot uyi, saodat makoni sen uchun tayyorlangandir. Sening bu foniy dunyoing evaziga boqiy bir jannat seni kutadi.
Ibodat qilganing va taniganing Xoliqi Zuljalolning va`dasiga imon keltir va e`timod et. Va`dadan qaytish Uning uchun maholdir. Qudratida hech qanday jihatdan nuqsoniyat yo’qdir. Ojizlik Uning ishlariga daxl qilolmaydi. U sening kichik bog’changni yaratganidek, sen uchun jannatni ham yarata oladi. Va yaratgan, senga va`da qilgan ham. Va`da qilgani uchun, albatta, seni Uning ichiga olajak.
O’zimiz shohid bo’lmoqdamizki u Zot har yili yer yuzida hayvonot va nabototning uch yuz mingdan ziyod nav`larini va millatlarini mukammal intizom va mezon bilan, mukammal sur`at va suhulat bilan hashr etib, nashr qiladi. Albatta, Shunday bir Qodiyri Zuljalol va`dasini o’rniga qo’yishga ham qodirdir.
Modomiki Shunday bir Qodiyri Mutlaq har yili hashrning va jannatning namunalarini minglarcha tarzda ijod etmoqda va modomiki butun samoviy farmonlari ila abadiy saodatni va`da qilib, jannat xushxabarini bermoqda;
modomiki butun ijrooti va Shuunoti haq va haqiqatdir va sidq va jiddiyatdir va modomiki asarlarining shahodati ila butun kamolot uning nihoyasiz kamoliga dalolat va shoxidlik bildiradi va Unda hech bir jihatda nuqson va qusur yo’q ekan;
modomiki va`dadan qaytish va xilof va yolg’on va aldatmoq eng xunuk bir xislat va nuqson va qusur ekan,
albatta va albatta ul Qodiyri Zuljalol, ul Hakiymi Zulkamol, ul Rohiymi Zuljamol va`dasini o’rniga qo’yajak, abadiy saodat eshigini ochajak, Odam otangizning asl vatani bo’lgan Jannatga, ey Ahli Imon, sizlarni kirgizajakdir