O’n birinchi kalima: وَاِلَيْهِ الْمَصِيرُ
Ya`ni tijorat va ma`muriyat uchun muhim vazifalar yuklatilib bu imtihon uyi bo’lmish dunyoga yuborilgan insonlar tijoratlarini qilib, vazifalarini tugatib va xizmatlarini tamomlaganlaridan so’ng ularni bu dunyoga yuborgan Xoliqi Zuljalollariga yana qaytib boradilar. Va Mavloyi Kariymlariga qovushadilar. Ya`ni, sabablarning dag’dag’asidan va vositalarning qorong’u pardalaridan qutulib, Robbi Rohiymlariga abadiy saltanatining qarorgohida pardasiz ravishda qovushajaklar. Har kim to’g’ridan-to’g’ri o’z Xoliq va Ma`budi va Robbi va Sayyidi va Moliki kim ekanini bilajak va topajakdir, Xullas, bu kalima butun xushxabarlar uzra Shunday xushxabar beradi va deydiki:
"Ey inson! Qaerga ketayotganingni va qaerga yuborilayotganingni bilasanmi? O’ttiz ikkinchi So’zning oxirida aytilganidek, "Dunyoning ming yillik mas`udona hayoti bir soatlik Jannat hayotiga teng kelmaydigan va u jannat hayotining ham ming yili bir soatlik Ru`yati Jamoliga teng kelmaydigan bir Jamiyli Zuljalol rahmati va huzurining martabasiga ketyapsan". Sizlar mubtalo va maftun va mushtok; bo’lgan majoziy mahbublardagi va butun dunyoviy mavjudotlardagi husn va jamol Uning jamoli jilvasining va ismlari husnining bir nav` soyasi... va butun Jannat butun latofati ila bir rahmat jilvasi, butun ishtiyoqlar va muhabbatlar va injizoblar va jozibalar bir lam`ai muhabbati bo’lgan Ma`budi Lamyazalning, Mahbubi Loyazalning doirai huzuriga ketyapsiz... Va abadiy ziyofatgohi bo’lgan jannatga yuborilyapsiz. Shunday ekan, qabr eshigiga yig’i bilan emas, kulib kiringiz"
Bu kalima yana Shunday xushxabar bermoqda, demoqdaki:
"Ey inson! Fanoga, adamga, yo’qlikka, zulumotga, nisyonga, chirishga, parchalanishga va ko’pchilik ichida bo’g’ilishga ketganingizdan vahimalanib, o’yga tolmangiz. Siz fanoga emas, baqoga ketmoqdasiz. Adamga emas, abadiy mavjudlikka chorlanmoqdasiz. Zulumotga emas, nur olamiga ketmoqdasiz... Haqiqiy molik va sohibning tarafiga ketmoqdasiz va Sultoni Azalning poytaxtiga qaytib bormoqdasiz. Ko’pchilik ichida bo’g’ilshiga emas, vahdad doirasida tanaffus qilajaksiz. Firog’ga emas, visolga mutavajjihdirsiz".