mektubot | BIRINCHI MAKTUB | 3
(1-9)

Beshinchi hayot tabaqasi: qabr ahlining ruhoniy hayotlaridir. Ha, o’lim makon almashtirishdir, ruhning erkinlikka chiqishidir, vazifadan ozod bo’lishdir... Mahv bo’lish va yo’qlikka ketish va fano emasdir. Hadsiz voqealarga ko’ra, avliyo ruhlarining surat kiyishlari va ahli kashfga ko’rinishlari va boshqa qabr ahlining o’ngimizda va tushimizda bizlar bilan munosabatlari va voqelikka to’g’ri kelgan xabarlari kabi ko’p dalillar ul hayot tabaqasini yoritadi va isbotlaydi. Zotan ruhning boqiyligiga doir Yigirma To’qqizinchi So’z bu hayot tabaqasini qat`iy dalillar bilan isbot qilgan.

IKKINCHI SAVOL: Furqoni Hakiymda اَلَّذِى خَلَقَ اْلمَوْتَ وَاْلحَيَوةَ لِيَبْلُوَكُمْ اَيُّكُمْ اَحْسَنُ عَمَلاً kabi oyatlarda, «O’lim ham hayot kabi yaralishdir, ham bir ne`matdir,» deya uqtiriladi. Holbuki, zohiran o’lim parchalanishdir, yo’qolishdir, chirishdir, hayotning so’nishidir, lazzatlarni ketkazuvchidir... Qanday qilib yaralish va ne`mat bo’la oladi?

Aljavob: «Birinchi Savol»ning javobining oxirida aytilganidek, o’lim hayot vazifasidan ozod bo’lishdir, ta`tilga chiqishdir, makon o’zgartirishdir, vujud almashtirishdir, boqiy hayotga da`vatdir, boqiy hayotning boshlanishi va muqaddimasidir. Hayotning dunyoga kelishi yaratilish va taqdir bilan bo’lganidek, dunyodan ketishi ham yaratilish va taqdir bilan, bir hikmat va tadbir bilan bo’ladi. Chunki eng oddiy hayot tabaqasida bo’lgan o’simlikning o’limi hayotdan ko’ra muntazam bir san`at asari ekanini ko’rsatadi. Zero mevalarning, danaklarning, urug’larning o’limi, chirish ila buzilayotgandek va parchalanayotgandek ko’ringani holda, g’oyat muntazam bir kimyoviy muomala va mezonli ravishda unsurlarning birikishi va hikmatli tarzda zarralarning shakllanishidan iborat bir qorilmoqdirki, bu ko’rinmagan intizomli va hikmatli o’limni niholning hayoti ila namoyon qiladi. Demak, danakning olimi nihol hayotining boshlanishidir, balki ayni hayoti hukmida bolgani uchun, shu olim ham hayot kabi yaralishdir va muntazamdir. Ham hayotdor mevalarning, yohud hayvonlarning inson me`dasida olimlari inson hayotiga chiqishlariga zamin bolganidan, «olim ularning hayotidan kora muntazamdir va yaralishdir» deyiladi.

Аудио мавжуд эмас