Jahannam ikki tarzda bo’ladi. Biri sug’ro (ya`ni, kichik), biri kubrodir (ya`ni, katta). Kelajakda sug’ro kubroga aylanadi. Sug’ro kubroning danagi hukmida bo’lgani holda, kelajakda uning bir manzili bo’ladi. Kichik jahannam yerning ostida, ya`ni markazidadir. Kurraning osti – markazidir. Tabaqotil-arz (geologiya) ilmidan ma`lumki, aksariyat holda har o’ttiz uch metr chuqurlikda bir daraja harorat ko’tariladi. Demak, markazga qadar Erning radiusi olti mingdan oshiqroq kilometr bo’lganidan, ikki yuz ming daraja issiqlikni tashkil qilib, ya`ni ikki yuz barobar dunyo otashidan shiddatli va hadisning rivoyatiga muvofiq darajadagi bir otash bor ekan. Shu kichik jahannam katta jahannamga oid ko’p vazifalarni dunyoda va olami barzoxda bajargan bo’lib, hadislarda bunga ishoralar bor. Olami Oxiratda Yer kurrasi o’z aholisini yillik doirasidagi mahshar maydoniga qanday to’ksa, shuning kabi, ichidagi kichik jahannamni ham katta jahannamga amri Ilohiy ila taslim etadi.
Jahannam hozirda tamoman kengaymaganidan va aholisiga tom munosib bir tarzda ochilmaganidan, ba`zi mo’`tazila imomlarining, «Jahannam keyin yaratiladi» degan fikrlari xatodir, yanglishdir. Ham, pardai Qayb ichidagi olami Oxiratga oid manzillarni dunyoviy ko’zimiz bilan ko’rmoq va ko’rsatmoq uchun, yo koinotni kichraytirib ikki viloyat darajasiga keltirishimiz lozim, yohud ko’zimizni kattalashtirib yulduzlardek ko’zimiz bo’lishi lozimdirki, joyini ko’rib tayin qilsak. . وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللّهِ Oxirat olamiga oid manzillar bu dunyoviy ko’zimizga ko’rinmaydi. Faqat ba`zi rivoyatlarning ishorasiga ko’ra, Oxiratdagi Jahannam bu dunyomiz bilan munosabatdordir. Yozning shiddatli haroratiga مِنْ فَيْحِ جَهَنَّمَ deyilgandir. Demak, bu dunyoviy kichik va xira aql ko’zi bilan u ulkan Jahannam ko’rinmaydi. Ammo, ismi Hakiymning nuri ila boqa olamiz. Ya`ni:
Yerning yillik aylanish doirasi ostida bo’lgan katta jahannam Yerning markazida bo’lgan kichik jahannamni go’yo vakil qilib, ba`zi vazifalarini o’tatgan. Qodiyri Zuljalolning mulki nihoyatda keng bo’lib, hikmati Ilohiya qaerni ko’rsatgan bo’lsa, katta jahannam u erga joylashadi. Ha, bir Qodiyri Zuljalol va «kun fayakun» amriga sohib bo’lgan bir Hakiymi Zulkamol – ko’z o’ngimizda kamoli hikmat va intizom ila Oyni Yerga bog’lagan; azamati qudrat va intizom ila Yerni Quyoshga bog’lagan; va Quyoshni sayyoralari bilan birga Yerning yillik aylanish tezligiga yaqin bir tezlik ila va hashamati rububiyati ila, bir taxminga ko’ra, «Shamsush-Shumus» (ya`ni, quyoshlar quyoshi) tomon harakatga keltirgan; va aylanib turuvchi elektr chiroqlar misol yulduzlarni saltanati rububiyatiga nuroniy dalillar qilgan, bu bilan saltanati rububiyatini va azamati qudratini ko’rsatgan bir Zoti Zuljalol, katta jahannamni elektr chiroqlari fabrikasining qozoni hukmiga keltirib, Oxiratga qarashli samoning yulduzlarini u bilan alanga oldirajagi, harorat va quvvat berajagi, Uning kamoli hikmatidan va azamati qudratidan va saltanati rububiyatidan uzoq emasdir. Ya`ni, yulduzlarga olami nur bo’lgan Jannatdan nur berib, Jahannamdan nor (olov) va harorat yuborajak. Ayni holda ul Jahannamning bir qismini azob ahliga maskan va zindon qilajak.