mektubot | BIRINCHI MAKTUB | 8
(1-9)

Biroq, g’aflatdan qutulgan avvalgi odam u shiddatli shafqatning alamiga qarshi a`lo bir darmon topadiki, u achingan barcha jonzotlarning o’lim va zavolida bir Zoti Boqiyning boqiy ismlarining doimiy jilvalarini aks ettirgan oynai arvohlarini boqiylikda ko’radi, shafqati sururga aylanadi. Ham zavol va fanoga duchor barcha go’zal maxluqotning orqasida bir Jamoli Munazzah va Husni Muqaddasni his qildirgan bir naqshni va tahsin va san`at va ziynat va ehson va doimiy ziyoni ko’radi. Ul zavol va fanoni husnni ziyodalashtirish va lazzatni yangilash va san`atni namoyish etish uchun bir yangilab turmoq shaklida ko’rib, lazzatini va shavqini va g’ayratini ziyodalashtiradi.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Said Nursiy.

*  *  *

Аудио мавжуд эмас