mektubot | YIGIRMA BIRINCHI MAKTUB. | 3
(1-3)

Xullas ey inson! Esingni yig’ib ol. Agar o’lmasang sen ham qariysan. اَلْجَزَاءُ مِنْ جِنْسِ الْعَمَلِ siriga ko’ra, sen ota-onangni hurmat qilmasang sening farzanding ham senga xizmat qilmaydi. Agar oxiratingni sevsang, mana senga muhim bir xazina, ularga xizmat qil, rizolarini tahsil ayla. Agar dunyoni sevsang, yana ularni mamnun qilgin-ki, ular tufayli hayoting rohatli va rizqing barakotli bo’lsin. Yo’qsa ularni yoqtirmaslik, o’limlarini orzu qilish va ularning nozik va ta`sirchan qalblarini ranjitish ila خَسِرَ الدُّنْيَا وَ اْلآخِرَةَ siriga duchor bo’lasan. Agar Rahmati-Rahmon istasang, Rahmonning ul "vadi`a"lariga, ya`ni sening uyingdagi omonatlariga marhamatda bo’l.

Oxirat qardoshlarimdan Mustafo Chovush ismli bir zot bor edi. Dinida va dunyosida muvaffaqiyatli ko’rardim. Sirini bilmasdim. So’ngra angladim-ki, u muvaffaqiyatning sababi, ul zot keksa padar va volidalarining haqlarini anglab yetgan va u huquqqa to’liq rioya qilgan va ul zotlar tufayli rohat va rahmat topgan. Baxtiyor bo’lishni istagan unga o’xshamog’i darkor...

اَللّهُمَّ صَلِّ وَسَلِّمْ عَلَى مَنْ قَالَ اَلْجَنَّةُ تَحْتَ اَقْدَامِ اْلاُمَّهَاتِ وَ عَلَى آلِهِ وَصَحْبِهِ اَجْمَعِينَ

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

 

 

 

 

Аудио мавжуд эмас