mektubot | YIGIRMA BIRINCHI MAKTUB. | 2
(1-3)

Ha, koinotda ko’ringanidek nihoyat darajada Rahmon, Rahiym va Latif va Kariym bo’lgan Xoliqi-Zuljaloli Val-Ikrom, chaqaloqlarni dunyoga yuborgan vaqti, orqalaridan rizqlarini g’oyat latif bir suratda yuborib va ko’kraklardan og’izlariga oqittirgani kabi, bolalardek bo’lib qolgan va bolalardan ham ziyoda marhamatga loyiq va shafqatga muhtoj bo’lgan qariyalarning rizqlarini ham barakot suratida yuboradi. Ularni boqishni tamagir va baxil insonlarga yuklamaydi.

 

اِنَّ اللّهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ اْلمَتِينُ *وَكَاَيِّنْ مِنْ دَابَّةٍ لاَ َتحْمِلُ رِزْقَهَا اَللّهُ يَرْزُقُهَا وَاِيَّاكُمْ

Shu oyatlar ifodalagan haqiqatni barcha jonli maxluqot navlari holatlari bilan baqirib, u kariymona haqiqatni so’ylayaptilar. Hatto, faqat keksa yaqinlarimiz emas, balki insonlarga oshna qilib berilgan va rizqlari insonlarning rizqlari ichida yuborilgan mushuk kabi ba`zi maxluqlarning rizqlari ham, barakot suratida keladi.. Buni tasdiqlaydigan va o’zim ko’rgan bir misol: Mening yaqin do’stlarim biladilar-ki, ikki-uch yil avval har kunlikka yarimta nondan iborat (u qishloqning noni kichkina edi) o’zimga tayin qilgan miqdorim bor edi-ki, ko’pincha menga kifoya qilmasdi. So’ngra to’rt mushuk menikiga musofir bo’lib keldilar. Ayni o’sha miqdordagi non ham menga, ham ularga kifoya qildi. Ko’pincha ortib ham qolardi. Xullas bu hol shu daraja takrorlanganidan qanoat hosil qildim-ki, men mushuklarning barakotidan istifoda etmoqda edim. Qat`iy bir suratda e`lon etamanki: ular menga yuk bo’lmadi; ham ular mendan emas, men ulardan minnat olardim.

Ey inson! Modomiki jonivor suratidagi bir hayvon insonlarning xonadoniga musofir bo’lib kelgan vaqt barakotga sabab bo’layotgan bo’lsa, maxluqotning eng mukarrami bo’lgan inson va insonlarning eng mukammali bo’lgan ahli iymon va iymon ahlining eng ziyoda hurmat va marhamatga loyig’i bo’lgan ojiz va nogiron keksalar va nogiron keksalarning ichida shafqat va xizmat va muhabbatga eng ziyoda loyiq va mustahaq bo’lgan qarindoshlar va qarindoshlar ichida ham eng haqiqiy do’st va eng sodiq sevuvchi bo’lgan padar va volida keksalik vaqtlarida sen ila bir uyda tursalar, qay daraja barakotga vasila va rahmatga vosita bo’lishlarini va

لَوْلاَ الشُّيُوخُ الرُّكَّعُ لَصُبَّ عَلَيْكُمُ الْبَلاَءُ صَبّاً Ya`ni: "Beli bukilgan keksalaringiz bo’lmaganda edi, balolar sel kabi ustingizga yog’ilardi",- hadisining siriga ko’ra, qay daraja musibatni daf bo’lishiga  sababchi ekanliklarini sen qiyos ayla. 

Аудио мавжуд эмас