Xullas, ey musibatzada va ixtilofga tushgan ahli haq va ashobi haqiqat! Bu musibat zamonida ixlosni qochirganingizdan va rizoi Ilohiyni qozonishni tamoman g’oyai maqsad qilmaganingizdan, ahli haqning bu xorligi va mag’lubiyatiga sababchi bo’ldingiz. Diniy va uxroviy ishlarda raqobat, ko’rolmaslik, hasad va rashk bo’lmasligi lozim. Va haqiqat nuqtai nazarida, bo’lmaydi ham.
Chunki rashk va hasadning sababi shuki: bir narsaga ko’p qo’llar uzanganidan va bitta maqomga ko’p ko’zlar tikilganidan va birgina rizqni ko’p me`dalar istaganidan, zararkunandalik va nizo va tortishuv tufayli ko’rolmaslikka, so’ngra qizg’anchiqlikka o’tiladi. Dunyoda bitta narsaga ko’plar talabgor bo’lgani uchun va dunyo tor va o’tkinchi bo’lgani tufayli insonning hadsiz orzularini qondira olmagani uchun, raqobatga tushiladi. Lekin oxiratda birgina odamga masofasi besh yuz yillikIzoh4 bir jannat ehson etilishi va yetmish ming qasr va hurilar berilishi va ahli jannatning har biri o’z ulushidan kamoli rizo ila mamnun bo’lishi shunga ishora qilib ko’rsatadiki, oxiratda raqobatga sabab bo’luvchi bir narsa yo’qdir va raqobat bo’lmaydi ham. Shunday ekan, oxiratga oid solih amallarda ham raqobat bo’lolmaydi, rashkning o’rni emasdir. Shunda ham rashk qilgan kimsa yo riyokordir, solih amallar evaziga dunyoviy natijalarni istaydi; va yoxud sodiq johildirki, solih amal qayerga taallug’li ekanini bilmaydi va solih amalning ruhi, asosi ixlos ekanini idrok etmaydi. Raqobat niqobi ostida avliyoullohga nisbatan bir navi adovatda bo’lish tufayli Allohning keng rahmatini yolg’onga chiqaradi.
Shu haqiqatni tasdiqlaydigan bir voqea:
Izoh4 Muhim bir zotdan ahamiyatli bir savol: Rivoyatda kelganki, Jannatda bir odamga besh yuz yillik masofada bir jannat beriladi. Bu Haqiqat dunyoviy aqlga qanday sig’adi?
Aljavob: Bu dunyoda har kimning dunyodek bo’lgan xususiy va vaqtinchalik bir dunyosi bor. Va ul dunyoning ustuni, uning hayotidir. Ham zohiriy va botiniy tuyqulari ila ul dunyosidan istifoda qiladi. «Quyosh mening chirog’im, yulduzlar chiroqchalarimdir,» deydi. Boshqa maxluqot va jonzotlarning bor bo’lishi, u odamning egalik qilishiga va istifoda etishiga mone bo’lmaydi, aksincha uning xususiy dunyosini shonlantiradilar, ziynatlantiradilar. Aynan shuningdek (biroq minglab daraja yuksak), har bir mo’`min uchun minglab qasr va huriylarni o’z ichiga olgan xos bog’idan tashqari, umumiy Jannatdan besh yuz yillik masofa kengligida bittadan jannati bor. Darajasi nisbatida ochilgan hissiyotlari ila, tuyqulari ila, Jannatga va abadiyatga loyiq bir suratda istifoda qiladi. Boshqalarning ishtiroki uning egaligiga va istifodasiga nug’son bermay, quvvat beradi. Ham, xususiy va keng jannatini ziynatlantiradilar.
Ha, bu dunyoda bir odam bir soatlik bir bog’da va bir kunlik bir sayrgohda va bir oylik mamlakatda va bir yillik saylgohda qilgan sayohatidan og’zi ila, qulog’i ila, ko’zi ila, zavqi ila, tili ila va boshqa tuyqulari ila istifoda etadi. Aynan Shuning kabi, faqat bir soatlik bir bog’dan zo’rg’a istifoda eta olgan bu foniy mamlakatdagi hid bilish va taam bilish sezimlari, u boqiy mamlakatda bir yillik bog’dan ayni shu istifodani oladi. Va bu yerda bir yillik saylgohdan zo’rg’a istifoda eta olgan ko’rish va eshitish tuyqusi, u yerda besh yuz yillik saylgohdagi sayohatdan, u hashamatli, boshdan oyoq ziynatli bo’lgan mamlakatga loyiq bir tarzda istifoda qiladi. Xar bir mo’`min darajasiga va bu dunyoda qozongan savoblari va hasanotlari nisbatida boyigan va ochilgan tuyqulari ila zavq oladi, lazzatlanadi, istifoda qiladi.