Lemalar lot | Yigirmanchi Lam’a | 7
(1-12)

Erkaklar esa, xususan badaviy arablar, quvvatlariga ishongani uchun, jamiyatlari zaif bo’lib, ham ehtiyotkor, ham nozikroq bo’lib qoladilar va bir navi xotinlik xususiyatini paydo qiladilar. Bu holat muannas fe`lini taqozo etadiki, قَالَتِ اْلاَعْرَابُ  fe`li bilan atalishi tom o’rinlidir.

Ha, ahli haq g’oyat kuchli bir tayanch nuqtasi bo’lmish iymoni billohdan hosil bo’lgan tavakkul va taslim ila, boshqalarga ehtiyojlarini arz etib ko’mak va yordamlarini istamaydi. Istasa-da, g’oyat fidokorlik bilan yopishmaydi. Ahli dunyo esa, dunyo ishlarida haqiqiy tayanch nuqtalaridan bexabar qolgani uchun, zaif va ojiz holga tushib, yordamchilarga shiddatli ehtiyoj his etadi, samimiy, hatto fidokorona ittifoq qiladi.

Xullas, ahli haq ittifoqdagi haqiqat quvvatini o’ylamaganidan va izlamaganidan nohaq va zararli natija bo’lmish ixtilofga tushadilar. Nohaq ahli zalolat esa, ittifoqdagi quvvatni ojizligi tufayli his qilganidan, maqsadga erishmoqning g’oyat muhim bir vositasi bo’lmish ittifoqni qo’lga kiritganlar.

Xullas, ahli Haqning bu nohaq ixtilof xastaligining malhami va davosi:

وَلاَ تَنَازَعُوا فَتَفْشَلُوا وَتَذْهَبَ رِيحُكُمْ  oyatidagi shiddatli Ilohiy ta`qiqni va

 وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوَى  oyatidagi ijtimoiy hayot nuqtai nazarida g’oyat hikmatli bo’lgan amri Ilohiyni, harakat dasturi qilib olish;

Va ixtilof Islomiyatda naqadar zararli bo’lib, ahli zalolatning ahli Haq ustidan g’alabasini qanchalar osonlashtirishini nazarda tutgan holda kamoli zaiflik va ojizlik ila, u ahli haqning guruhiga fidokorona, samimiylik bilan kelib qo’shilish va shaxsiyatini unutish bilan riyo va sun`iylikdan qutulib, ixlosni qo’lga kiritmoqdir.

OLTINCHI SABAB

Ahli haqning ixtilofi nomardligidan, himmatsizligidan, hamiyatsizligidan bo’lmaganidek, g’aflatli ahli dunyoning va ahli zalolatning dunyoviy hayotga oid ishlarda samimiy ittifoqlari ham mardlikdan, hamiyatdan, himmatdan emasdir.

Balki ahli haq ko’pincha oxiratga oid bo’lgan foydalarni o’ylaganidan, u ahamiyatli va ko’plab masalalarga hamiyati, himmati, mardligi bo’linib ketadi. Haqiqiy sarmoya bo’lmish vaqtini bir masalaga sarf etmagani uchun maslakdoshlari ila ittifoqi mustahkamlanmaydi. Chunki masalalar ko’p, doira esa kengdir.

G’aflatli ahli dunyo esa, faqat dunyoviy hayotni o’ylaganidan, butun hissiyoti ila, ruh va qalbi ila shiddatli bir suratda dunyoviy hayotga oid masalalarga bog’lanib, bu masalada unga yordam qo’lini cho’zganga qattiq yopishadi. Va haqiqat nuqtai nazarida besh tiyinga ham arzimaydigan va ahli haq unga o’n tiyinlik ham qiymat bermaydigan masalalarga, devona bir yahudiy zargarning besh tiyinlik bir shisha sinig’iga besh oltin haq bergani kabi, besh yuz oltin qiymatidagi vaqtini o’sha qiymatsiz masalaga sarflaydi. Albatta, bu qadar bir haq berib, shiddatli hissiyot ila bog’lanishda, garchi u botil yo’lda bo’lsa ham, samimiy bir ixlosi bo’lgani uchun, u masalada muvaffaq bo’ladi. Va ahli haq ustidan g’alaba qozonadi. Ahli haq esa, bu mag’lubiyat natijasida xorlik va mahkumiyat va sun`iylik va riyoga tushib, ixlosni yo’qotadi. Nomard, himmatsiz, hamiyatsiz bir qism ahli dunyoga tilyog’lamachilik qilishga majbur bo’ladi.

Аудио мавжуд эмас