UCHINCHI UMID.
Bir zamon yoshlik kechasining uyqusidan keksalik tongida uyg’ongan vaqtim, o’zimga nazar soldim: Vujudim qabr tarafi sari, tepalikdan pastga yugurgandek ketmoqda.
Niyoziy Misriyning:
"Kunda binoi umrimning bir toshi tushdi yerga,
Jon yotar g’ofil, binosi bo’ldi vayron, bexabar..."
degani kabi, ruhimning xonasi bo’lmish jismimning ham, har kuni bir toshi tushishi sababli holdan toymoqda. Va meni dunyo bilan mahkam bog’lagan orzu-umidlarim uzila boshladilar. hadsiz do’st-yorlarimdan ayrilish zamoni yaqinlashganini his qildim. Ul ma`naviy va juda og’ir va bedavo bo’lib ko’ringan yaraning malhamini izladim, topolmadim. Yana Niyoziy Misriy kabi dedimki:
"Dil baqosin, Haq fanosin istadi, mulku tanim,
Bir davosiz dardga tushdim, ohki Luqmon bexabar!"(Izoh)
Shu vaqt birdan marhamati Ilohiyaning tili, misoli, timsoli, dalloli, vakili bo’lmish Payg’ambari Zishon Alayhissalotu Vassalomning nuri, shafoati va insonlarga keltirgan hidoyat hadyasi u bedavo, cheksiz deb o’ylagan yaramga go’zal bir malham va darmon bo’ldi. Zulmatli umidsizligimni nurli bir umidga aylantirdi.
Ha, ey men kabi keksaligini his qilgan muhtaram va muhtarama zotlar! Biz ketyapmiz. Aldanmoqdan foyda yo’q. Ko’zimizni berkitgan bilan bizni bu yerda qoldirmaslar, u yoqqa chaqirilish bor. Biroq, g’aflatdan va qisman ahli zalolatdan kelgan zulmat vahimalari ila bizga firoqli va zimiston bo’lib ko’ringan barzox mamlakati, do’st-yorlarning jamlangan yeridir. Eng boshda shafoatchimiz bo’lmish habibulloh Alayhissolatu Vassalom bilan barcha do’stlarimizga qovushmoq olamidir.
Ha, ming uch yuz ellik* yilda har yili yuz ellik million insonlarning sultoni va ularning ruhlariningsmurabbiysi va aqllarining muallimi va qalblarining mahbubi va har kunda
اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ siriga binoan, barcha ummatlarining qilgan hasanotining bir misli, sahifai hasanotiga ilova etilgan va Shu koinotdagi oliy Ilohiy maqsadlarga yerishtiruvchi va mavjudot qiymatlarining yuksalishiga sabab bo’lgan ul zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalom dunyoga kelgan daqiqalarida "Ummatim, ummatim" deya nido qilganlari sahih rivoyat orqali va avliyolarning kashfi-karomati orqali tasdiqlangani kabi, mahshargohda har kim "nafsim, nafsim" deganda, yana ul zot "Ummatim, ummatim" deya eng qudsiy va eng yuksak bir fidokorlik bilan, yana shafoatlari bilan ummatiga madad uchun oshiqqan bir zot ketgan olamga ketmoqdamiz. Va ul quyoshning atrofida hadsiz asfiyo va avliyo yulduzlari ila charog’on bo’lgan bir olamga ketmoqdamiz.
Mana bu Zotning shafoatiga noil bo’lib, nuridan istifoda etmoqlikning va barzoxdagi zulmatdan xalos bo’lmoqning chorasi, sunnati saniyaga rioya qilishdir.
(Izoh) Ya`ni, mening qalbim bor quvvati bilan boqiylik istagani holda, hikmati Ilohiya jasadimning xarob bo’lishini taqozo qilmoqda. Luqmoni hakim ham chorasini topolmaydigan bedavo bir dardga yo’liqdim.